|
Aftiksatsiya usuli bilan yasalgan ot turkum li terminBog'liq H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasiAftiksatsiya usuli bilan yasalgan ot turkum li termin
(turdosh ot) lar
1.
O t (sifat) turkum li so‘zlardan yasalgan term inlar
-chi affiksli so‘z yasovchi model
0 ‘ta sermahsul va turg‘un hisoblanmish -chi affiksli model hozir
gi o ‘zbek
terminologiyasi tizimida amaliy qo‘llanishda qolayotgan kat-
ta
miqdordagi terminlar bilan ifodalangan. Mazkur model turdosh otlar
y a s o v c h i
modellar qatorida eng mahsuldorligi va faolligi bilan ajralib
turadi
(Gulyamov, 1955; Shoabdurahmonov, 1980; 175-178; Begma-
tov 1985; 132-133). Mazkur model ot so‘z turkumidan aksariyat shaxs
oti,
ish-harakatni bajaruvchi, biron kasb bilan shug‘ullanuvchi, ijtimoiy
mansublik
(Sherbak, 1977; 103; Sravnitelno-istoricheskaya grammatika
1988;144-146) kabi m a’nolami ifodalovchi otlami hosil qiladi.
-chi affiksining tarixiy taraqqiyoti jarayonida harakat-holat, kasb-hunar,
mutaxassislik m a’nolami ifodalashi ravshan namoyon bo‘ladi. VII-XIV asr
qadimgi turkiy runik hamda eski turkiy til yozma manbalarida ushbu affiks
(-cill-c\) ishtirokida yasalgan bedizci ( rezchik po derevu, kamnyu, vayatel)
(DTS,90), bitkaci (pisets, pisar)(DTS,10), a>'guc7(sovetnik)(DTS,28), alimci
(zaimodavets, kreditor) (DTS,35), altunci (zolotix del master) (DTS,40)
singari juda ko‘p terminlar qo‘llangan. Mahmud Zamaxshariy qalamiga
mansub “Muqaddimat ul-adab” lug‘atida bu qo‘shimcha ishtirokida yasal
gan, turli kasb va hunar egalarini anglatuvchi yigirmadan ortiq nomlar qayd
etilgan: paxsaci (vozvodyashiу glinobitniye steni), yagci (maslodel), cagirci
(vinodel), bicaqci (nojovnik) va sh.k. (Dadabayev, 1990; 80).
, 0 ‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy “Muhokamat ul-
lug‘atayn” asarida - ci//-ci affiksining vazifasiga alohida diqqat qaratgan
holda, uning qurci, xizanaci, yaragci, cavganci, nayzaci, sukurci, yurtci,
silanci, axtaci, qusci, barsci, qoruqci, tamgaci, jibaci, yorgaci, halvaci,
kemdci, qoyci singari turfa mansab va rutbalarni ifodalashdagi faolligini
ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning yozishicha, qazci, quvci, turnaci, kiyikci,
tavusqanci kabi qush ovi bilan bog‘liq ko ‘pgina terminlar ham ushbu af-
fiksi ko‘magida yasalgan (Alisher Navoiy, 1967; 116-117).
Ilmiy-texnikaviy inqilob davrida, globallashuv, internet va kom-
Pyuterlashtirish asrida -chi affiksli modelning so‘z yasash imkoniyatlari va
doirasi bir necha barobar oshib ketdi.
Ushbu modelning so‘z yasashdagi vazifasi o ‘zbek tilining terminologik
So‘z yasalish m e’yorlarida ham yaqqol namoyon bo'ladi.
63
-chi bilan yasalgan otlaming m a’noviy o‘ziga xosliklari u qo‘shilayot-
gan o ‘zakka hamda uning o ‘ziga tegishli bo‘lgan xususiyatlar ta’sirida
shakllanadi.
-chi affiksli ot - terminlar semantik strukturasiga ko‘ra, bir qancha gu-
ruhlarga bo‘linadi.
1.
Biron bir kasb-hunar, mutaxassislik bilan shug'ullanuvchi subyekt
nomini ifodalovchi terminlar: traktorchi, sportchi, vositachi, neftchi, ka-
belchi, elektrchi, ekskavatorchi, hisobchi, soliqchi, uchuvchi, to ‘quvchi va
sh.k.
Umumiy hodisalar hamda kasb-hunar, mutaxassislik terminlari qatori
ulaming o ‘z terminologiyasiga ega bo‘lgan turli soha va yo‘nalishlari ham
mavjuddir.
-chi affiksi kasb-hunar, mutaxassisliklaming umumiy m a’nosini bildi-
ruvchi so‘zlarga qo‘shilib, ushbu kasb-hunar va mutaxassisliklarga taal-
luqli ot-terminlarni yasaydi: xizmatchi, tilchi, jangchi, chorvachi va sh.k.;
muayyan kasb-hunar, mutaxassislikning aniq sohasida band b o ‘lgan
shaxsni anglatuvchi ot-terminlami hosil qiladi: tankchi, avtomatchi,
dozimetrchi, zenitchi, pontonchi, karatechi, gimnastikachi, voleybolchi,
bo'yoqchi, betonchi, montajchi, payvandchi, g ‘ijjakchi, skripkachi, rubob-
chi, nog'orachi, dasturchi, raketachi (tex.) va sh.k.
-chi affiksli model kasb-hunar, faoliyatning aniq sohasini ifodalov
chi nomlardan rang-barang mazmun-ma’noli otlami yuzaga chiqaradi.
Chunonchi:l) qandaydir narsa-predmet, buyum, ashyo yaratuvchi subyekt
nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: taqachi, gilamchi, domnachi, muqo-
vachi, beshikchi, tanburchi, dutorchi va sh.k.;
2) ayni kasb, hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs nomi
ni anglatuvchi terminlami hosil qiladi: aygoqchi, qo'poruvchi, ixtiro-
chi, arendachi, auksionchi, surushtiruvchi, tqftishchi, sinovchi va sh.k.;
3) muayyan kasb-hunar sohasida qo‘llanuvchi asbob-uskuna, jihoz,
buyum, texnika vositalari nomlaridan ushbu texnika vositalarini boshqa-
mvchi shax otini yasaydi: mototsiklchi, kombaynchi, buldozerchi, to'pchi,
granatamyotchi, mashinachi (tikuvchi), greyderchi, ekskavatorchi, kompy-
uterchi, tankchi, tarpedachi (harb.j, raketachi (harb.) va sh.k.;
4) qandaydir bir obyektga m as’ul, mutasaddi ishchi, xizmatchi, arbob
nomini ifodalovchi terminlami yuzaga keltiradi: omborchi, do'konchi,
korxonachi, dorixonachi, soqchi va sh.k.;
5) aniq faoliyat, kasb-hunar soha yo'nalishini anglatuvchi asoslarga
64
o ‘shilib,
mazkur soha bilan band shaxslar nomini bildiruvchi terminlar ya-
saydi:
dengizchi, yo 'Ichi, atomchi, kimyochi, metallchi, metrochi va sh.k.;
6) fanning turli sohalarida xizmat qiluvchi mutaxassislar, xodimlar
nomini ifodalovchi terminlar yasaydi: tarixchi, adabiyotchi, folklorchi,
|
| |