|
TerminologiyasiBog'liq H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasipiksel, plagin, gigabayt, terabayt, exabayt, kross-brauzer va sh.k. hamda
rus tilidan o ‘zlashgan yakor, massiv, magistral, shlyuz, shrift, adaptatsiya
kabi guruhlarga ajratish o ‘zini oqlaydi. Shu joy da yakor o‘m ida langar,
shlyuz o ‘mida to ‘g'on, shrift o ‘m ida harf, magistral o ‘m ida shoxyo 7 lek-
semalarini qo‘llashni tavsiya etish mumkinligini qayd qilamiz.
0 ‘zbek tili terminologiyasining hozirgi holatida o ‘z hamda o ‘zlash-
malaming yonma-yon qo‘llanayotganiga shohid boiam iz. Ushbu jarayon
avvalgi terminologiya tizimidagi m e’yor va yangi leksik birlik o‘rtasida-
gi qarama- qarshilik, “yashash uchun kurash”dan guvohlik beradi. Tabiiy,
raqobatalashayotgan terminlardan qaysi biri o ‘zbek tili terminologiyasi
tarkibidan munosib o‘rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt
ko‘rsatadi. Hozircha ikki dubletli terminlar jumlasiga aksiya - harakat, ak-
siya; arxeolog- qadimshunos, arxeolog; blok - ittifoq, blok (deputatlik);
veto - veto, ta ’qiq; ofitser - zobit, ofitser; reanimatsiya - jonlantirish, rean-
imatsiy; termin - atama, termin; embargo - embargo, ta 'qiqlash; sivilizat-
siya - sivilizatsiya, tamaddun; kollegiya - hay ’at, kollegiya; denonsatsiya
- denonsatsiya, bekor qilish; tif - tif terlama; transplantatsiya-transplan-
tatsiya, ко ‘chirib о ‘tkazish; mikrokredit - mikrokredit, mikroqarz; terapiya
- terapiya, davolash; smeta-smeta, xarajatlar loyihasi; kliyent-server - kli-
yent-server, mijoz-xodim; agent-vakil, agent; anketa - so ‘rovnoma, anke-
ta; apellyatsiya - shikoyat, apellyatsiya; akklamatsiya-olqish, akklamatsi-
^a(yur.) va sh.k. kiritilmoqda.
Ba’zi vaziyatlarda, mobodo biron bir tushuncha ikki, ya’ni o‘z va
o‘zlashma (ruscha-baynalmilal) termin bilan ifodalansa, shubhasiz, afzallik
o‘zbekcha terminga beriladi - tilshunoslik (lingvistika), nazoratchi (inspek-
tor), qalam haqi (gonorar), nizom (ustav), giyohvandlik (narkomaniyaA za-
hira (rezervj, tenglik (paritet), hokim (mer),jarroh (xirurg), sil (tuberkulez),
dorishunos (farmatsevt), dorishunoslik (farmatsevtika), tasnif (klassifikat-
51
siya), imlo (orfografiya), qatag‘on (rcpressiya/, sayyora (planeta), tirkama
(pritsep), tovon (reparatsiya) va sh.k.
Kimyo terminologiyasida faol qo'llanuvchi oltin-aurum, kumush-ar-
gentum, margimush-arsen, oltingugurt-sulfur, temir-ferrum singari ter
minlaming lotincha dubletlaridan kimyoviy reaksiyalar formulalarini
o‘qishda istifoda etiladi (Madvaliyev, 2017, 22).
0 ‘zlashma terminlaming m a’lum guruhi o ‘zbek tili qonunlariga
bo‘ysungan tarzda uning fonetik va grammatik xususiyatlariga mosla-
shadi. Chunonchi, o ‘zlashma terminlaming o ‘zbek tili fonetikasiga mo-
slashuvi quyidagi jihatlari bilan oydinlashadi:
1)
fonemalaming qisqarishi: avinos (avianosets), raketanos (raketa-
nosets), minanos (minonosets), farm atsevtik (farmatsevticheskiy, akustik
(akusticheskiy));
2) fonemalardagi tovush almashinuvi: mayoq (mayakj,
о ‘choq (ochag), plashch-palatka (plash-palatka) va sh.k.
0 ‘zbek tilida qurilishi jiddiy o‘zgarishlarga uchragan o‘zlashma ter
minlar kategoriyasiga qo'mita (komitet), bombardimon (bombardirovka),
qo'mondon (komanduyushiy), pud rat (podryad) kabilami kiritish o ‘rinlidir.
0 ‘zbek terminologiyasi tizimida o ‘zlashmalardan
o ‘zbekcha so‘z
yasovchi affikslar ishtirokida yangi hosil qilingan terminlar keng miqyos-
da qo‘llanishga kirib kelgan. Xususan, bombardimonchi (bombardirovshik),
|
| |