nopark
singari mutlaqo yangi tushunchalar va realiyalar hisobiga boyib
bormoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning rivojlangan mam-
lakatlari yetakchi muassasalari ilm ahli bilan o ‘matgan ilmiy-texnik mu-
nosabatlarining jadallashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar ustida
izlanishlar olib borishning yo‘lga qo‘yilishi, yosh iste’dod egalarining nu-
fuzli chet el universitetlari va institutlarida o ‘qishi yoxud malaka oshirishi
terminlar sistemasining yaqinlashuvi, boyishiga ko‘mak beradi. Hozirgi
o‘zbek terminologiyasi uchun G ‘arb tillari, ayniqsa, ingliz tilidan ko‘plab
terminlaming bevosita kirib kelishi diqqatga sazovordir.
Shu bilan bir qatorda, o ‘zbek tili terminlarining boshqa tillar tomoni
dan o ‘zlashtirilayotgani ajablanarli hoi emas) Zero, so‘z o ‘zlashtirish
hodisasining ikki tomonlama sodir b o iish i tilshunoslikda allaqachon tas-
dig‘ini topgan.
Ta’kidlash joizki, 1999-yilning may oyida O ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tashabbusiga muvofiq o ‘zbek kurashi bo‘yicha jahon birin-
chiligi o ‘tkazildi. Keyinchalik, bu sport turining ommalashuvi va dunyo
sahnasiga chiqishi natijasida
kurash, yonbosh, chala, halol, g'irrom kabi
terminlar xalqaro sport terminologiyasining mulkiga aylandi (Bektemirov,
2002; 10). “
Sharq taronalari” (Vostochniye melodiy), “
O 'zbek m odeli”
(Uzbekskaya model) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahal-
la institutining qayta tiklanishi
fuqarolar yig'ini, fiuqarolar yig 'ini raisi,
oqsaqol va sh.k. terminlaming o ‘zga tillar so‘z boyligidan mustahkam
o ‘rin olishi yoki tarjima qilinishiga bois bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, o ‘zbek terminologiyasi tizimida xorijiy tillarga
taalluqli tushunchalam i o ‘z ichki imkoniyatlar asosida ifodalash tam-
oyili yetakchilik qilmoqda. Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan
o ‘zlashmalaming bir qismi o‘zbekcha mutanosiblari bilan almashtiriladi
yoki tarjima (kalka) qilinadi. Ushbu usul yangi tushunchalami atashda
o ‘ta qulayligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Masalan,
aksiyador-