• a l m a s h t i r i s h




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/70
Sana14.12.2023
Hajmi3,42 Mb.
#118627
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Bog'liq
H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasi

• a l m a s h t i r i s h
harakati ko‘zga yaqqol tashlandi. Masalan, aeroport termi­
ni o ‘mida qo'nalg'a, tayyoragoh, bandargoh terminlari ishlatila boshlan- 
j i institut termini oliygoh, ilmgoh, bilimgoh so‘zlari bilan almashtirildi, 
ju rn a l 
termini o ‘m ida oynoma, majalla, jarida, oybitik so‘zlarini ishlatish 
tavsiya etildi va sh.k. Chetpul (valyuta), pultopar (biznes), hujjatasrov 
(arxiv), nusxakash (notarius), naqliyot (transport), malakasinov (attestat- 
siya) singari yangi yasamalar sun’iyligi, termin yasash m e’yorlarigi javob 
bermasligi bilan ajralib turar edi (Bektemirov, 2002; 34). Bunday shoshqa- 
loqlik oqibatida o ‘zbek terminologiyasida noilmiy terminlar paydo bo‘ldi, 
terminlar tizimida sinonimiyaning kuchayishi yuz berdi.
M a’lumki, har qanday til, aw alam bor, o ‘z ichki imkoniyatlari zamin- 
ida rivojlanadi. Ayni chog‘da, mamlakatlar va xalqlararo rang-barang mu- 
nosabatlar har qanday tilda o‘zlashmalaming vujudga kelishida muhim 
omil hisoblanadi. Mazkur hodisa o ‘zbek tili uchun ham yot emas.
0 ‘zbek tilida katta miqdordagi arabcha va forscha-tojikcha o ‘zlash- 
malaming qo‘llanishda qolayotgani sir emas. Bulaming muayyan qismi 
ilmiy terminologiya tarkibida o ‘z faolligini y o ‘qotmagan. Xususan, mak- 
tab, sinf, muallim, m a ’ruza, muvozanat, vazn, tijorat, bojxona, viloyat, 
falak, huquq, tarkib, matn, mavzu, hokim, narx,payvand singari termin 
hamda terminologik leksika nafaqat mutaxassislar, shuningdek, aholining 
keng qatlamlari nutqida hech qanday qiyinchiliksiz faol ishlatiladi. Garchi 
hozirgi vaqtda o ‘zbek tilida terminlar yasash jarayonida arab va fors-tojik 
tillari manba sifatida deyarli ishtirok etmasa-da, ammo o ‘zga qarindosh 
turkiy tillarda b o ig an i singari o ‘zbek tili lug‘at tarkibidagi terminlaming 
aksariyati shu qadimiy tillarga mansubdir. Bu o ‘zlashmalar o ‘zbek tilining 
fonetik va grammatik qoidalariga bo‘ysungan holda yangi mazmun kasb 
etgan va yangi voqelangan tushunchalami ifodalashda xizmat qilmoqda.
Ruscha-baynalmilal so‘z va terminlaming o ‘zbek tiliga kirib kelishi 
XIX asming birinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, uning haddan tashqari 
kuchayishi oMkaning chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi, keyinchalik 
bu yerda sho‘rolar hukmdorligining qaror topishi davriga to ‘g ‘ri keladi.
Bu jarayon o ‘zbek tili terminologiyasi dinamikasini kuzatishda yorqin 
namoyon bo‘ladi.
0 ‘zbek tiliga xos ilmiy-texnikaviy terminlaming ulkan qismini boshqa 
tillar (rus tili orqali lotin, yunon, german, roman va sh.k.)dan o‘zlashgan 
leksik birliklar tashkil qiladi.
45



Download 3,42 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish