3.Yersolig’ini to’lash tartibi.
432-modda. Soliqni to‘lash tartibi
Yuridik shaxslar uchun yer solig`i
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash
quyidagicha
amalga oshiriladi:
aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi
miqdorida, har chorak birinchi oyining 10-kunigacha;
Keyingi tahrirga qarang.
aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun −
yillik soliq
summasining o‘n ikkidan bir
qismi miqdorida, har oyning 10-kunigacha.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq davri davomida soliq to‘lashning belgilangan
muddatidan keyin
majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan
sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha
amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.