Keyingi tahrirga qarang.
Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha
o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer
uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga
olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.
434-modda. Soliq solish obyekti
Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining
(bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir:
1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
qilishga
berilgan yer uchastkalari;
Keyingi tahrirga qarang.
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
qilishga berilgan yer
uchastkalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan,
shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi
natijasida uy-joy va
imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham
o‘tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer
uchastkalari;
Keyingi tahrirga qarang.
7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer
uchastkalari.
Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi,
bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilganlar va ko‘p kvartirali
uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari
mustasno.