ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‘rmon daraxtzorlari jumlasiga
quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv
obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari; o‘rmonlarning
ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi
taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar; o‘rmonlarning temir
yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari; cho‘l va chala cho‘l
zonalaridagi o‘rmonlar; shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari; shaharlar, boshqa
aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi
o‘rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish
zonalaridagi o‘rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish
tegrasidagi o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar; ilmiy yoki tarixiy
ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar — vakolatli
organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari
bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar —
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan
e’tiboran besh yil muddatga;
yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar,
daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun
foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Kuzda o‘tqazilgan yangi ko‘chatlar
uchun beriladigan soliq imtiyozi muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-
yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy
soliq davrining 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi;