qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 1-
mayiga qadar.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 427-moddasiga muvofiq aniqlangan
soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda
hisoblab chiqaradi.
Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida
o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga
aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va
tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi uchun
mo‘ljallangan yerlari bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-
dekabriga qadar taqdim etadi.
Ushbu Kodeks 426-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar
joylashgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 10-
yanvariga qadar mazkur obyektlarning joylashgan eri bo‘yicha soliq organlariga
soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan yer
uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi.