• Respublika hududlari 1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)
  • Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/11
    Sana20.11.2023
    Hajmi0,64 Mb.
    #102054
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Manuchehr choriyev
    УМК Lazerlar fizikasi 2021-2022 77254, НАРЗУЛЛОЕВ ПАРВИНБЕК ШАМСУЛЛОЕВИЧ, ASADBEK AZAMATOV 2-MAVZU, hakimov murod, 9-sinf tarix fani uchun nazorat testi, 3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya (1), ALISHER AKA KURS ISHI, b68f5f77ef7ad3ee2e6d6c0b343bcf24, 3bccfcc9ffe649474f1be4e206b8d1a5, @Latin kirill bot, Harbiy topografiya, 1-mavzu, Jumayeva Maxbuba, may bayonnoma, ЎзДСМИ Адабиётларга эҳтиёж (2), huquqiy-terminologiya-va-huquqiy-tushunchalar-texnik-vosita-sifatida
    429-modda. Soliq stavkalari 
    Oldingi tahrirga qarang. 
    Keyingi tahrirga qarang. 
    Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkasi 
    respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi 
    miqdorlarda belgilanadi: 
    Respublika hududlari 
    1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln 
    so‘mda) 
    Toshkent shahri 
    1 zona 
    2 zona 
    3 zona 
    4 zona 
    208,2 
    166,5 
    124,9 
    83,3 
    41,6 


    5 zona 
    Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi 
    26,2 
    Andijon viloyati 
    33,0 
    Buxoro viloyati 
    26,7 
    Jizzax viloyati 
    26,7 
    Qashqadaryo viloyati 
    26,7 
    Navoiy viloyati 
    26,7 
    Namangan viloyati 
    33,0 
    Samarqand viloyati 
    33,0 
    Surxondaryo viloyati 
    23,5 
    Sirdaryo viloyati 
    20,8 
    Toshkent viloyati 
    27,6 
    Farg‘ona viloyati 
    26,7 
    Xorazm viloyati 
    26,7 
    Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,25 koeffitsiyent 
    qo‘llaniladi: 
    yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlar 
    umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda 
    nogironlarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining 
    kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar; 
    Keyingi tahrirga qarang. 
    elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar; 
    umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va 
    radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz 
    belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va 
    yer ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich 
    shkaflar, erga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan 
    yerlar; 
    umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy 
    inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, 
    inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash 
    joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, 
    muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan 
    ihota daraxtzorlari egallagan yerlar
    magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari
    yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash 


    stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari 
    hamda shunga o‘xshash inshootlar band etgan yerlar; 
    konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar — ularning 
    konservatsiyasi davrida. 
    Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), 
    soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi 
    yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi 
    yerlarining normativ qiymati bo‘yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta 
    hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi. 
    Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq 
    xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligi yerlari uchun 
    belgilangan soliq stavkalarining ikki baravari miqdorida to‘lanadi. 
    Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonun 
    hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq 
    stavkalari bo‘yicha to‘lanadi. 
    Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir 
    loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan 
    obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu 
    obyektlarning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan 
    e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi. 
    Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni 
    tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq 
    stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi. 

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot

    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish