Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
245,0
Andijon viloyati
297,6
Buxoro viloyati
245,0
Jizzax viloyati
245,0
Qashqadaryo viloyati
245,0
Navoiy viloyati
245,0
Namangan viloyati
297,6
Samarqand viloyati
297,6
Surxondaryo viloyati
221,6
Sirdaryo viloyati
191,8
Toshkent viloyati
252,2
Farg‘ona viloyati
245,0
Xorazm viloyati
245,0
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari
Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan
kamaytiruvchi va oshiruvchi
koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan
bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun
tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq
stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari
ushbu modda ikkinchi
qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri
uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq
stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi
koeffitsiyentlarni ularning
hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha
kesimida kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri
uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga
taqdim etadi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan
yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan
0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar,
dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi
garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar
yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek
jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas
mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik
shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan
soliq stavkalari
bo‘yicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 436-moddasida ko‘rsatilgan
imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash
uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek normativ muddatida qurilishi
tugallanmagan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonun hujjatlarida
oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan yuridik shaxslar uchun nazarda
tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan
unda joylashgan uyda
istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish)
uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq
stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer
uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni
obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda
soliq uch baravar miqdorda
to‘lanadi.
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni
tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq
stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga
berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer
uchastkalari uchun belgilangan stavka qo‘llaniladi.