Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga
berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari
bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv
organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z
xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
436-modda. Soliq imtiyozlari
Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) “O‘zbekiston Qahramoni”,
Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni
unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan
fuqarolar. Mazkur imtiyoz “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi
to‘g‘risidagi
guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni
daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi
asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan
belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining
(qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining
yoxud
boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga
(qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi
to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Mazkur imtiyoz pensiya
guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida
beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud
nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar
deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona
vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p
bolali oilalardir. Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining
ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda
ishtirok etganlik uchun
imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat
safariga
yuborilgan)
fuqarolar.
Mazkur
imtiyoz
tibbiy-mehnat
ekspert
komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironligi bo‘lgan shaxsning maxsus
guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining
guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan
berilgan va imtiyozlar
berish uchun asos bo‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar
joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta
tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib
qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida
energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari, bundan 5-
bandda ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini
yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan
jismoniy shaxslarga
beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat
bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-
bandida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq
imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan
erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.