Kurs loyihasini rasmiylashtirish




Download 2,31 Mb.
bet12/14
Sana23.05.2024
Hajmi2,31 Mb.
#251326
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Металл конструкциялари Kurs Loyihasi sh sh SH asil

Kurs loyihasini rasmiylashtirish

Kurs loyihasi hisob tushuntirish xati va grafik chizmalar ko‘rinishida rasmiylashtirish.


Hisob tushuntirish xatida to‘sinlar katagi konstruksiyalarining hisobi keltiriladi. Xisob tushuntirish xatining tarkibiy tuzilishi uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan. Kurs loyihasining jildi ilovada keltirilgan namuna sifatida rasmiylashtiriladi. Hisob ishlari uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan formulalardan foydalanib, shu ketma-ketlik asosida bajariladi va har bir qiymatning o‘lchov birligi keltiriladi.
Hisob tushuntirish xati A-4 formatda atrofi hoshiyalangan varaqlarda sahifalarga raqam qo‘yilib rasmiylashtiriladi. Hisobiy sxemalar chizma asboblaridan foydalangan holda bajarilishi shart. Hisob tushuntirish xatining yakunida faydalanilgan adabiyotlar va normativ hujjatlar keltirilishi lozim.
Kurs loyihasi rahbarining ruxsati bilan hisob tushuntirish xatini kompyuterda Microsoft Word matn muharriridan foydalanib, Times New Roman 14 shriftida rasmiylashtirish mumkin. Kurs loyihasining himoyasiga hisob tushuntirish xati chop etilgan va tikilgan holda elektron fayli bilan birgalikda taqdim etiladi.
Grafik chizma kismi A-1 formatada (ilovaga qarang) rasmiylashtiriladi. Grafik chizmada to‘sinlar katagining montaj sxemasining rejasida ko‘ndalang va bo‘ylama qirqimlar ko‘rsatiladi. Chizmada montaj elementlari va tugunlari o‘lchamlari bilan o‘q chiziqlari ko‘rsatilgan holda masshtab asosida chizilishi lozim. To‘sinlar katagining montaj sxema rejasi – 1:200, 1:400 masshtabda loyihalanadi. Shu bilan birga montaj tugunlari va konstruktiv elementlarning ishchi chizmalari keltiriladi. Chizmada bosh to‘sin (jo‘natiladigan element), bosh to‘sinning montaj tugunlari, ustun, bosh to‘sin bilan yordamchi to‘sinning tayanch tugunlari va bosh to‘sinning ustunga tayanish tuguni chiziladi. Chizmaning o‘ng tomonida po‘lat tasnifi jadvali, jo‘natiladigan elementlar jadvali, shartli belgilar va izoh keltiriladi.
Grafik chizmaning burchak shtampi namunada keltirilgan.
Grafik chizma qo‘lda bajarilishi kerak.



  1. Download 2,31 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 2,31 Mb.