|
Texnika xavfsizligiBog'liq 5b27936d71643Tahlil usuli.
Xavfsizlikni ko`ngilsiz voqea ro`y berishdan oldin (aprior) yoki keyin
(aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo`llaniladigan usul bevosita yoki
aksincha bo`ladi.
Aprior tahlilda shu tizimga xos bo`lishi mumkin bo`lgan (yashirin) kungi lsiz
voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to`plami tuziladi.
Aposterior tahlil esa ko`ngilsiz voqea yuz bergandan so`ng kelajakda tadbirlar ishlab
chiqishdir. Bu ikki uchul bir-birini to`ldiradi.
To`g’ri usulda taxrir qilishda oqibatni oldindan kurish uchun sabablar o`rganiladi.
Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu usullarning asosiy
maqsadi ko`ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni kelib chiqish ehtimoli va
tezligi ma`lum bo`lsa, vokeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo`lishini
aniqlash mumkin.
Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy
masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo`lsa, biror xavfli hollar yoki
omillar etibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o`ta keng qaralsa, tahlil natijalari
noaniq bo`lishi mumkin.
Tahlil o`tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog’liq. Aniq bir holatda ogohlantirish yo`li
bilan ta`sir qilish mumkin bo`lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. HFX fanining mazmuni nima?
2. HFX faning maqsadi nima?
3. Atrof-muhit nima?
4. ekosistema deganda nimani tushunasiz?
5. Biosfera nima?
6. Texnosferaning inson faoliyatiga qanday aloqasi bor?
7. Litosfera haqida tushunchangiz?
8. Demografik portlash nima?
9. Urbanizatsiyani qanday tushunasiz?
10. HFX fanini o`rganishdan maqsad nima?
15
2-ma`ruza Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash tamoyillari, uslublari
|
| |