26
1. ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va sabablarini tahlil
etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasbiy
kasalliklarni oldini olish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishi haqida
maslahatlar beradi;
2. korxona bo`linmalari ish joylaridagi sanitar texnik
holatni portlashni amalga
oshirish bo`yicha ishlarni tashkil etadi;
3. korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini, mehnat
muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini, tuzadi, ko`rib
chiqadi sanitariya
sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi.
4. saqlash qurilmalarini va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoyalovchi boshqa
vositalarini konstruktsiyalarini qayta ishlash va joriy etish bo`yicha korxona
rahbariyatiga takliflarini kiritadi;
5. mehnat muhofazasi bo`yicha ilmiy ishlanmalar va mehnat xavfsizligi standartlarini
amalga kiritish ishlarida ishtirok etadi;
6. korxonani tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda va kasaba qo`mita faollari
ishtirokida binolar,
inshootlar, uskunalarining texnik holatini tekshiradi (yoki
tekshirishda qatnashadi), shamollatish sistemalari ishi samaradorligini sanitar-texnik
qurilmalar va sanitar maishiy xonalar holatni tekshiradi;
7. maxsus kiyimlar, maxsus uskunalar va boshqa shaxsiy himoya vositalari hamda
mehnat muhofazasi bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish
uchun zarur materiallar va
uskunalarga o`z vaqtida to`g’ri buyurtmalar tuzilishini nazorat qiladi;
8. korxona bo`linmalariga ishlab chiqarishda atrof muhit holatini nazorat qilish
bo`yicha yordam ishlarini tashkil etadi;
9. ishlab chiqarishga mo`ljallangan ob`ektlarni, uskuna va mashinalarni
rekonstruktsiyadan so`ng qabul qilish ishlarida ishtirok etadi, sog’lom mehnat
sharoitini taminlash bo`yicha talablarni bajarilishini tekshiradi;
10. kirish yo`riqnomasini o`tkazadi va mavjud me`yoriy hujjatlar va mehnat
muhofazasi masalalari bo`yicha ishlovchilarni o`qitishni tashkillashtirishga yordam
beradi;
11. attestatsiya komissiyasi va mehnat muhofazasi qoidalari va me`yorlari texnika
xavfsizligi yo`riqnomalari bo`yicha mutaxassislarni bilimini
tekshirish komissiyasida
ishtirok etadi.
Mehnat kodeksida bo`linmalarda mehnat xavfsizligini taminlashni tashkil etish
ularning rahbarlariga yuklatilgan. Ish joylarida mehnat muhofazasi bo`yicha umumiy
javobgarlik korxona rahbariga, uning yo`g’ida esa bosh muhandisga yuklatiladi.
Korxona kasaba qo`mitalari tarkibida mehnat muhofazasi bo`yicha
komissiyalar
mavjud bo`lib, har bir kichik guruhda mehnat muhofazasi bo`yicha jamoatchi
instruktor saylanadi. Mehnat muhofazasi bo`yicha komissiyalar ishlab chiqarish
madaniyati va mehnat muhofazasi ahvolini jamoat tartibida ko`rib chiqadi, mehnat
27
muhofazasi bo`yicha ma`muriyat va kasaba uyushmasi o`rtasidagi
shartnoma
loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi, ma`muriyat tomonidan ushbu shartnomasi va
mehnat haqidagi qonunchilikni nazorat qiladi. Bo`linmalarni jamoatchilik inspektorlari
mehnat muhofazasini bevosita ish joylarida nazoratini amalga oshiradi.