• 4-ma`ruza. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar, ularni kamaytirish chora tadbirlari. Reja.
  • Tayanch iboralar
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    Nazorat savollari 
    1. Mehnat muhofazasi nima?
    2. 18 yoshga to`lmaganlarni ishga qabul qilishda uni tibbiy ko`rikdan o`tishi 
    muhimmi? 
    3. Tibbiy ko`rikdan ishchilarni o`tkazish tartibi qanday? 
    4. Mehnat muhofazasi bo`yicha muhandisni vazifasi nimalardan iborat? 
    5. Agar korxonada mehnat muhofazasi bo`yicha muhandis bo`lmasa uning funktsiyasi 
    kim tomonidan bajariladi?
    6. Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarni ayting? 
    7. Korxona rahbarini mehnat muhofazasi bo`yicha javobgarligi nimalardan iborat? 
    8. Mehnat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirilishi haqida tushunchangiz? 
    9. Tabiiy resurslardan intensiv foydalanish nimalarga olib keladi? 


    29 
    4-ma`ruza. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar, ularni kamaytirish chora 
    tadbirlari.
    Reja. 
    1.
    Baxtsiz hodisalar, jarohatlanish, kasbiy kasalliklar va zaharla-nishlarning 
    asosiy sabablari. 
    2. Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi. 
    3. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish. 
    4. Baxtsiz hodisalar to`g’risida hisobot va sabablari tahlili. 
    Tayanch iboralar 
    Hayot faoliyat xavfsizligi, gigiena, chora-tadbirlar,
     
    kasbiy zararlar, ruhiy-fiziologik, 
    baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar.
     
    1. Baxtsiz hodisalar, jarohatlanish, kasbiy kasalliklar va zaharlanishlarning 
    asosiy sabablari. 
    Xavfsizlikning talab va qoidalariga rioya qilmaslik, sanitariya-gigiena me`yorlari, 
    hamda mehnat intizomining buzilishi baxtsiz hodisalarini kelib chiqishiga sabab 
    buladi.
    Baxtsiz hodisa
    (jarohatlanish) - inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi 
    mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta`siri natijasida shikastlansa, buni baxtsiz hodisa 
    (jarohatlanish) deb ataladi. 
    Kasbiy kasalliklar
    – ishchi - xodimlarga zararli ish sharoitlarining salbiy ta`siri 
    natijasida hosil buladigan kasalliklar kiradi.
    Zararli ish sharoitlariga
    - yomon (nobob) iqlim sharoitllari, zaharli changlar, 
    me`yoridan ortiq shovqin va titrash, bosimning me`yoridan oshishi, yorug’likning 
    etarli bulmasligi va boshqalar kiradi. 
    Korxonalarda uchraydigan baxtsiz hodisa, kasb kasalliklari, va zaharlanishlarning 
    sabablari 4-ga bulinadi. 
    1. Tashkiliy sabablar. - Xavfsizlik texnikasi buyicha yo`l-yo`riqlar o`tmagan, ish 
    joylarini noto`g’ri tashkil etilgan, ish joylari yo`laklarning to`silishi, dastgohlar vaqtida 
    sozlanmaganligi, yaroqsiz asbob uskunalarni ishda qo`llash, asosiy ish vaqtidan 
    tashqari ishlash.
    2. Gigienik sabablar. - Oqova suvlarda va havodagi zararli moddalarning yuqori 
    kontsentratsiyasi mavjudligi, nobob iqlim sha-roitlari, yorug’likni etarli emasligi, 
    shovqinning yuqoriligi, sanitariya-maishiy xonalarning etishmasligi va tibbiy 
    ko`rikdan o`tmaganligi. 
    3. Texnik sabablar. - Mashina, uskunalarning kamchiliklari va nosozligi, og’ir ishlarni 
    mexanizatsiyalashtirilmaganligi, xavfsizlik to`siqlar yo`qligi, uskunalarning noto`g’ri 
    joylashtirilishi va ularning nosozligi. 


    30 
    4. Ruhiy-fiziologik sabablar. - Ishlarning og’irligi, me`yoridan ortiq charchash, ishning 
    monotonligi (bir xilligi), ziyraklikning pasayishi, xavfsizlik qoidalarini buzilishi
    mehnat intizomining buzilishi, ishchilarning psixofiziologik sifatlarini bajarayotgan 
    ishga mos kelmasligi yoki uning nosog’lomligi.
    - Korxona rahbarlarining va muhandis - texnik xodimlarning kun tartibidagi asosiy 
    vazifalaridan biri “Ma`muriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini 
    joriy etishlari va ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarini oldini 
    oladigan sanitariya sharotlarini ta`minlashi shart (“MMQ to`g’risida”gi qonunning 18-
    moddasi).
    Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan, ”Ishlab 
    chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil zararlanishini 
    tekshirish va hisobga olish to`g’risida” gi Nizom qabul qilindi. 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish