35
3. II-bulim baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi.
1. Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani jabrlanuvchi yoki guvoh tsex rahbariga
xabar berishi, u esa;
-jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatib davolash muassasasiga yuborishi;
-tekshirish komissiyasi kelguncha ish joyidagi vaziyatni, shundayligicha (atrofga xavf
tug’dirmasa) saqlab qolishi;
-baxtsiz hodisa to`g’risida
korxona rahbariga, kasaba uyushmasiga va xodimlarning
boshqa vakillik organlariga xabar qilishi shart.
2. Davolash muassasasi bir kun ichida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga
jabrlanuvchining ahvoli haqida xolisona xabar beradi.
3. Korxona tuzilgan komissiya a`zolari:
-uch
kunda guvohlarni, xavfsizlik qoidalarini buzgan shaxslarni so`roq qilishi va
jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi;
4. Tekshirish tugagach uch kun ichida, N-1 shakldagi dalolatnomalarni:
-jabrlanuvchiga, xavfsizlik muhandisiga, davlat mehnat
texnika nazoratchisiga
korxonaning yuqori tashkilotiga va davlat kon nazoratiga (ob`ektlarga yuz bersa)
yuboriladi.
5. Agar korxona tugatilsa, yuqori turuvchi organga, bulmasa N-1
shakldagi
dalolatnoma pensiya jamg’armasiga topshiriladi.
6. Jabrlanuvchi ish qobiliyatini darhol yo`qolmaganligi haqidagi arizasi bir oy
muddatda tekshirilishi shart
7. Boshqa tashkilot tomonidan jo`natilgan xodim jabrlansa, hodisa yuz bergan korxona
tomonidan, jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi.
8. O`rindoshlik buyicha ishlayotgan xodim bilan baxtsiz
hodisa yuz bersa,
u shu
tashkilotda tekshiriladi va hisobga olinadi.
9. Boshqa korxonaning ajratilgan uchastkasida, ish olib borayotgan xodimi bilan
baxtsiz hodisa yuz bersa, ish olib borayotgan korxona tomonidan tekshiriladi va
hisobga olinadi.
10. Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o`tayotgan yoki ish
bajarayotgan umum ta`lim maktabi, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari talabalari bilan
yuz
bergan baxtsiz hodisa, korxona tomonidan o`quv yurti vakili ishtirokida
tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi.
- Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada,
o`qituvchilari rahbarligida, ishlab chiqarish amaliyoti o`tayotgan yoki ish bajarayotgan
talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar.
O`quv yurtlari tomonidan korxona vakili ishtirokida tekshiriladi va o`quv
yurti
tomonidan hisobga olinadi.
11. N-1 shakldagi dalolatnoma jabrlanuvchining ish, xizmat, o`qish joyiga yuboriladi.