• Dam olish vaqti
  • Bayram va dam olish kunlaridagi ishlar




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    Bayram va dam olish kunlaridagi ishlar.
    Dam olish kunlarida ishlash taqiqlanadi. 
    Ish beruvchining farmoyishi bo`yicha ayrim xodimlarni alohida hollardagina, jamoa 
    shartnomasi tuzilib kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan kelishib belgilangan asoslar 
    bo`yicha dam olish kunlari ishga chiqishga taklif etiladi (130-modda).
    Xodimlarni dam oladigan kunlari ishga jalb etish (220, 228, 245-moddalarda) 
    belgilangan cheklanishlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish – 


    48 
    texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko`ra ishni to`xtatib turish mumkin 
    bo`lmagan joylarda, aholiga xizmat ko`rsatish zarurati bo`lgan ishlarda, shuningdek 
    kechiktirib bo`lmaydigan ta`mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram kunlari 
    ishlashga ruxsat etiladi (132-modda). 
    Dam olish va bayram kunlari bajariladigan ishlar uchun kompensatsiya va haq to`lash 
    Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. 
    Dam olish vaqti 
    - xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo`lgan va bunday u o`z 
    ixtiyoriga ko`ra foydalanishi mumkin bo`lgan vaqtdir. 
    Xodimga ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, 
    bu tanaffus ish vaqtiga kirmaydi. Ishning tugashi bilan keyingi kuni ish boshlanishi 
    o`rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo`lishi mumkin 
    emas. 
    Barcha xodimlarga dam olish kunlari beriladi. 5 kunlik ish haftasida xodimlarga 
    haftada ikki dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi. 
    YAkshanba umumiy dam olish kunidir. Xodimlarga 15 ish kunidan kam bo`lmagan 
    muddatga yillik asosiy ta`til beriladi. 
    Quyidagi hollarda xodimlar yoshi va sog’ligi hisobga olingan holda yillik uzaytirilgan 
    asosiy ta`til beriladi: 
    -18 yoshga to`lmagan shaxslarga - 30 kalendar kun; 
    -ishlayotgan I va II guruh nogironlariga - 30 kalendar kun. 
    Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o`ziga xos jihatlari va 
    xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e`tiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq, 
    uzaytirilgan ta`tillar belgilanadi. 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish