• 6-Ma`ruza. Insonni mehnat faoliyatining fiziologik, gigienik asoslari Reja: 1.Mehnat qobiliyati va uning dinamikasi.
  • 1. Mehnat qobiliyati va uning dinamikasi Mehnat qobiliyati
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    Nazorat savollari 
    1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi korxonalarda qanday tashkil 
    etilgan? 
    2. Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri izohlang. 
    3. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari ko’rsatgichlarini aytib bering. 
    4. Mo`tadil iqlim sharoitini korxonalarda qanday tashkil etilgan. 


    45 
    6-Ma`ruza. Insonni mehnat faoliyatining fiziologik, gigienik asoslari 
     
    Reja: 
    1.Mehnat qobiliyati va uning dinamikasi. 
    2.Inson mehnat faoliyati samaradorligini oshirishning xususiyatlari. 
    3.Xotin-qizlar va o`smirlar mehnat faoliyatining xususiyatlari

    1. Mehnat qobiliyati va uning dinamikasi 
     
     
    Mehnat qobiliyati
    - bu insonning jismoniy yoki aqliy ishida unga yuklatilgan 
    hajmdagi ishni bajarish qobiliyatidir. Mehnat gigienistlari va fiziologlari tomonidan 
    o`tkazilgan tadqiqotlarni ko`rsatishicha insonning mehnat unumdorligi bajariladigan 
    ishga bog’liq bo`lmagan holda (aqliy yoki jismoniy), ko`p omillarga bog’liq bo`ladi.
    Bu omillarga organizm funktsional sistemasining asab, bezlar sistemasi, tana haroratini 
    bir xilligi, nafas olish, qon aylanishi va skelet mushaklari kiradi. YUqorida qayd 
    etilganlardan birortasining funktsiyasini buzilishi inson mehnat qobiliyatini sezilarli 
    pasayishiga olib keladi. Insondagi zararli odatlarni mehnat qobiliyatiga salbiy ta`siri 
    ham tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Sigaret chekish, alkogol ichimliklarga ruju 
    qo`yish o`pka, jigar kasalliklariga sabab bo`lib, sog’lik bilan bog’liq murakkab 
    holatlarni keltirib chiqaradi. Bularning oqibatida jismoniy va aqliy mehnat bilan 
    shug’ullanuvchi ishchilarni mehnat qobiliyati pasayishi kuzatiladi. Bu holatni tibbiy 
    statistika ma`lumotlari ham tasdiqlaydi. Evropadagi bir qator mamlakatlardagi 
    ko`pgina korxonalarda zararli odatlarga ega bo`lgan ishlovchilarni mehnat qobiliyati 
    xususan mehnat unumdorligi pasayishi sababli ularning mehnat haklarining pasayishi 
    ham tasodifiy hol emas.
    Barcha mehnat gigienistlari va fiziologlarining tasdiqlashicha sog’lom turmush tarzini 
    kechiruvchi insonning yuqori darajadagi mehnat unumdorligi nafaqat butun mehnat 
    faoliyati davomida balki, undan keyin ham saqlanib qoladi. Bunday tashqari 
    tadqiqotlar jarayonida quyidagi ma`lum qonuniyatlar ham aniqlangan. 
    1)Insonning ko`pchilik organizmlarining fiziologik funktsiyasi kunduzi faol bo`ladi. 
    SHu sababli kunduzi mehnat qobiliyati kechasiga qaraganda yuqori darajada bo`ladi.
    2)Ma`lumki, davolash muassasalari, (kasalxonalar, jarohatlanganlarni qabul qilish 
    punktlari va boshqalar), elektr stantsiyalari, bir qator sanoat korxonalari, temir yo`l 
    transportlari (xususan uzoqqa qatnaydigan poezdlar) kunu-tun to`xtovsiz rejimda 
    ishlaydi. Kechasi katta jismoniy energiya sarf qilib ishlaydigan odamlarning mehnat 
    unumdorligi nisbatan katta bo`lmaydi. Kechasi soat 2:00 bilan 4:00 o`rtasidagi ishlarda 
    mehnat qobiliyati (kunduzgi eng past unumdorlikka) kamayadi, bunday tashqari 
    ishning unumdorligi va sifati pasayadi. Kunduzgi ishga qaraganda erta tongda 2 


    46 
    barobar ko`p xatoga yo`l qo`yiladi. Bu holatni albatta dispetcherlik xizmati xodimlari 
    hisobga oladi va boshqa odamlarni xavfsizligi ularni faoliyatiga bog’liq bo`ladi. 
    3) Insonni dam olish va ishlash rejimi vaqt bo`yicha organizm bioritmiga mos kelsa 
    istagan faoliyatida eng yuqori darajadagi mehnat unumdorligiga erishish mumkin. 
    4) Jismoniy mehnat bilan kechqurun, ertalab va kunduz kuni shug’ullanish mumkin. 
    5) Normal bedorlik soatlarida eng yuqori mehnat qobiliyat davrini ehtiyoj yoki 
    hohishga mos holda ongli ravishda aralashtirishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqotlar va 
    hayotiy tajribalarda ham tasdiqlangan. Bu avvalo aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan 
    ishchilarga taalluqli, shu bilan birga aqliy mehnatda unumdorlik dam olishdan (uyqu, 
    dam olish uchun tanaffus) keyin yuqori bo`lishi shubhasiz va bu odatda ishlarni 
    rejalashtirishda hisobga olinadi. 
    Aqliy mehnat ishchilarni ishlari oldidan to`g’ri rejalashtirilganda ular eng yuqori 
    mehnat unumdorligiga erishadi. Mehnat unumdorligini saqlashning boshqa muhim 
    sharti ratsional ovqatlanish hisoblanadi. Ovqatlanish keragidan ortiqcha yoki kam 
    bo`lmasligi kerak. Kam ovqatlanishda organizm kuchni tiklash uchun etarli kalloriyani 
    ololmaydi, bu mehnat qobiliyatini pasaytiradi.
    Mehnat va dam olish jarayonlarining to`g’ri tashkil etilishi jarohatlanishni oldini 
    olishning muhim sharoitlaridan biridir. 
    Insonning ish qobiliyati, uning har xil zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini 
    sezish reaktsiyasi va to`xtovsiz mehnat jarayonining davomiyligiga bog’liq bo`ladi.
    Agar odam ish kuni davomida belgilangan davrdan ortiqcha to`xtovsiz ishlasa, u 
    jismoniy charchash bilan birga asabiy ham charchaydi. Bularga ish sharoitidagi 
    shovqin, titrash, gazlanganlik, changlanganlik va boshqa shunga o`xshash zararli va 
    xavfli omillarning qo`shilishi, ishchilarni jarohatlanishini yoki avariya holatlarining 
    hosil bo`lishi ehtimolini oshiradi. SHu sababli ma`muriyat mamlakatning mehnat 
    haqidagi qonunchiligi belgilagan mehnat va dam olish rejimiga qat`iy rioya qilishi
    kerak. Xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb qilish mumkin emas. 
    O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ishchi va xizmatchilarning 
    mehnatiga alohida e`tibor qaratilgan. Qonunchilik mehnat haftasining davomiyligini 40 
    soat qilib belgilagan. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning davomiyligi 7 
    soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim. 15-16 yoshdagi 
    bolalarning mehnat haftasi esa 24 soatga va 16-18 yoshdagi o`smirlar mehnat 
    haftasining davomiyligi 36 soat qilib belgilangan. Agar ish zararli mehnat sharoitida 
    amalga oshirilsa u holda ishchi hafta davomiyligi 36 soatgacha qisqaradi. Mehnat 
    sharoiti o`ta zararli va o`ta og’ir ishlarda band bo`lgan xodimlar uchun ish vaqtining 
    muddati chegarasi O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi. Bayram 
    oldi ish kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 
    1 soatga qisqartiriladi. Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) 
    muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to`g’ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir 


    47 
    soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Soat 22.00 dan 
    to 6.00 gacha bo`lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (122-modda). 
    Har kuni normal ish vaqtining davomiyligiga rioya qilinish imkoniyati bo`lmagan 
    ishlarda qonunchilik ma`muriyatga kasaba qo`mita bilan kelishilgan holatda 
    umumlashtirilgan ish vaqtini joriy etishga ruxsat beradi. SHu bilan birga bunda bir 
    smenadagi ish vaqtining davomiyligi 12 soatdan va ish vaqtining haftadagi o`rtacha 
    davomiyligi 40 soatdan oshmasligi kerak. YUqori darajadagi his-hayajon, aqliy 
    zo`riqish, asab tangligi bilan bog’liq, ya`ni alohida tusga ega bo`lgan ishlardagi ayrim 
    toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining 
    muddati haftasiga o`ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. 
    Ish vaqtidan tashqari olib boriladigan ishlar kasaba uyushmasi qo`mitasining ruxsati 
    bilan bajariladi. 
    Mehnat qonunchiligi bo`yicha bir yillik ortiqcha ish vaqti har bir xodim uchun 120 
    soatdan va ketma-ket ikki kunlik ish kunida ortiqcha ish vaqti 4 soatdan oshmasligi 
    kerak. Ish vaqtidan tashqari bajariladigan ishlar uchun haq to`lash Mehnat kodeksining 
    157-moddasiga asosan to`lanadi. Qonunchilik 18 yoshgacha bo`lgan o`smirlar, yosh 
    bola boqayotgan va homilador ayollarga ortiqcha ish vaqtida ishlashga ruxsat 
    bermaydi. Homilador ayolning o`n to`rt yoshga to`lmagan bolasi (o`n olti yoshga 
    to`lmagan nogiron bolasi) bor ayolning shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor 
    ayolning yoki oilaning betob a`zosini parvarish qilish bilan band bo`lgan shaxsning 
    iltimosiga ko`ra ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to`liqsiz ish kuni yoki 
    to`liqsiz ish haftasi belgilashga burchlidir. 
    Normadan ortiqcha ishlar mamlakat mudofaasi, baxtsizlikning oldini olish, avariyani 
    yoki ularning oqibatlarini tugatish uchun yoki jamoat va davlat boyliklarining ishdan 
    chiqishiga olib keladigan suv, gaz, issiqlik, yorug’lik, kanalizatsiya va shunga 
    o`xshashlarda va yuklarni tushirish yoki ortish tez amalga oshirilishi kerak bo`lgan 
    holatlarda bajariladi. I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to`lash 
    kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o`ttiz olti soatdan oshmaydigan 
    qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ushbu guruh nogironlariga 30 kalendar kundan 
    kam bo`lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta`til beriladi. Nogironlarni 
    tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish 
    kunlaridagi ishlarga jalbga qilish faqat ularning rozligi bilan yo`l qo`yiladi. Bu holda 
    ham bajariladigan ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo`lishi kerak. 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish