39
3. Baxtsiz xodisa kursatkichlarini tushuntiring.
4. Baxtsiz xodisalarning xisobotlarini tushuntiring.
5-Ma`ruza.
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me`yorlari
Reja.
1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.
2. Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri.
3. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari.
4. Mo`tadil iqlim sharoitini yaratish.
Tayanch iboralar
Sanitariya,
gigiena,
meteorologik
sharoit,
ergonomika,
baxtsiz
hodisalar,
jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, iqlim, portlashlar, texnik estetika.
1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.
Ishlab chiqarishdagi ish jarayonlari va atrof muhitning ishchilar organizmiga ta`sirini
o`rganadigan fan mehnat gigienasi deyiladi.
Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi tibbiy profilaktika sohasi bo`lib, ish
qobiliyatini yuksak darajada ta`minlash, kasb kasalliklari va odamning mehnat
faoliyati bilan bog’liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini olishning ilmiy asoslarini va
amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
To`g’ri tashkil etilgan mehnat, kishining jismoniy intellektual va ma`naviy
kamol
topishiga olib keladi.
Jamiyatda u nafaqat moddiy farovonlik, balki odamning tetiklik manbai hamdir. Biroq
mehnatning ijobiy ta`siri bilan birga ba`zi hollarda salbiy oqibatlari ham bulishi
ilgaridan kuzatilgan.
Bu mehnat faoliyati natijalarini kamaytiribgina qolmay, balki
kasb kasalliklarni ham
vujudga keltirilishi mumkin.
Jamiyatning taraqqiy qilishi bilan bir qatorda, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda
ko`plab kasblar yuzaga keldi.
Ishlab chiqarish
korxonalarida zararli muhit, u erda ishlayotgan ishchini ish
qobiliyatiga yoki sog’liqqa salbiy ta`sir qila oladigan, hollar ishlab chiqarishda kasbga
doir zararlar borligidan dalolat beradi.
Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi, ish
unumdorligini eng yuqori darajada oshirish va ishlovchilarning sog’ligiga zararli ta`sir
qilmaydigan sharoitlarni ta`minlaydigan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Bunda
mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, yurak-tomir,
onkologik va asab
kasalliklarning oldini olishga muhim ahamiyat kasb etadi.
40
Fan va texnika taraqqiyoti mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi oldiga
yangidan-yangi vazifalar qo`ymoqda.
Ishlab chiqarish korxonalariga mavjud bulgan tebranma harakat,
ishlab chiqarish
shovqinlari, elektr va magnit maydonlari, ionlovchi radiatsiya,
lazer nurlanishi va
yangi kimyoviy moddalarning inson organizmiga xavfli va zararli ta`sirini qunt bilan
ilmiy asoslab o`rganish zaruriyati tug’ildi.
YAngi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin, ularni inson sog’ligiga
xavfli va zararli belgilarini chuqur o`rganib, uni aniqlash o`ta muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi.Birorta
ham yangi birikma, sog’liqni saqlash vazirligining ruxsatsiz xalq
xo`jaligiga qo`llanishga tavsiya etilmaydi.