Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

 
2.Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri. 
Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko`rsatkichlar, havoning 
harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo`lib, 
hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson 
organizmidagi biologik o`zgarishlarga katta ta`sir ko`rsatadi 
Inson tanasidagi doimiy mo``tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy 
nerv a`zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi. 
Inson uchun orombaxsh, mo``tadil iqlim sharoiti deganda, yuqorida aytilgan havo 
o`lchamlarining o`zaro mutanosibligi tushuniladi. Bu mutanosiblik odam tanasida 
harorat almashuvi reaktsiyasini hech qanday zo`riqishsiz kechishini hamda o`zida 
huzur-halovat sezishi va shu bilan birga ishchanlik qobiliyatini yuqori bulishligini 
ta`minlaydi. 
Ma`lumki haroratning 18-25
0
S, nisbiy namlikni 40-70% va bosimning 740-760mm. 
sm ustunida bulishi, odam tanasi va uni o`rab turgan havo o`rtasidagi harorat 
almashinuvi jarayoniga kuchli ta`sir ko`rsata olmaydi, chunki bunday sharoitda 
muhitlar o`rtasidagi issiqlik almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko`chadi, ya`ni tanadan 
chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng holda 
almashinadi. Agar havoning holatida bunday mutanosiblik buzilsa, shu muhitda 
ishlayotgan odamning salomatligida ham o`zgarish paydo buladi. 
Muhitning harorati 18-25
0
S bulganda odam tanasidan chiqayotgan issiqlik nurlanish 
yoki harorat almashinuvi qonuni asosida havoga quruq g’ubor holatiga sekin tarqaladi, 
30
0
S dan yuqori haroratda esa bug’lanish sodir buladi, ya`ni tanadagi ortiqcha issiqlik 
mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat ta`siridan yo`l-yo`lakay to`qimalardagi tuz 
eritmalarini yuvib, teri sirtida ter shaklida paydo buladi. 
Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik uzatish qobiliyati susayib boradi, 
bug’lanish jarayoni esa to`xtovsiz ortib boradi, natijada organizm tez holsizlana 
boshlaydi. Agar havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa tanadan ajralib 


41 
chiqayotgan terning bug’lanishi qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit o`rtasidagi 
harorat almashuvi buziladi. 
Agar havo harakati tezligi oshib ketsa tana bilan havo o`rtasidagi harorat tafovuti 
keskin orta boradi, shu sababdan organizm tez soviy boshlaydi, va natijada shamollash 
bilan bog’liq xastaliklar kelib chiqadi. 


42 

Download 3,02 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish