O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul 
qilingan “Xotin-qizlarga qo`shimcha imtiyozlar to`g’risida”gi qonunining 228
1
-
moddasida
3 yoshga to`lmagan bolalari bor byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan 
ta`minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining 
haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Lekin, ularga 
boshqa toifadagi ishchilarga to`lanadigan miqdordan kam bo`lmagan ish haqi 
to`lanishi belgilab qo`yilgan. 
Xotin-qizlar mehnati, ularga mehnat ta`tillarining berilishi va boshqa har xil imtiyozlar 
qonunlar bilan alohida tartibga keltirilgan. Jumladan, qonun zararli va og’ir mehnat 
sharoitlarida ayollar mehnatidan foydalanishni taqiqlaydi. SHuningdek qonun kechki 
va asosiy ish vaqtidan ortiqcha ishlarda ham ayollarni ishlatishga ruxsat bermaydi. 
Homilador ayollarni va 14 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni ularning roziligisiz 
xizmat safarlariga yuborish mumkin emas. Qonunchilik homilador va yosh bolali 
ayollar uchun yana bir qator imtiyoz va kafolatlarni belgilaganki, ularga ko`ra bola 
tug’ilgandan boshlab ikki yoshga to`lguncha bolani parvarishlash uchun ularga ikki 
yillik ta`til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to`lanadi. 
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va 
ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. 
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek er osti ishlarida ayollar mehnatidan 
foydalanish taqiqlanadi, er ostidagi ba`zi ishlar (jismoniy bo`lmagan yoki sanitariya va 
maishiy xizmat ko`rsatish ishlari) bunday mustasnodir. 
Ayollarning ular uchun mumkin bo`lgan normadan ortiq yukni ko`tarishlari va 
tashishlari man etiladi. Ayollar uchun yuk ko`tarish va tashishni ancha kam me`yorlari 
o`rnatilgan, boshqa ish bilan aralash holda yuklarni ko`tarish va siljitishda ko`pi bilan 
9 kg yuk ko`tarishga ruxsat beriladi. Butun ish smenasi davomida ko`tariladigan va 
siljitiladigan yukning umumiy massasi 2500 kg dan oshmasligi lozim.

Download 3,02 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish