• O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 239-moddasida
  • O`smirlar mehnatini muhofazalash




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    O`smirlar mehnatini muhofazalash.
    Respublikamizda yoshlarni ijtimoiy foydali 
    mehnatga jalb qilish, ularni ishga joylashtirish masalalariga katta e`tibor qaratilmoqda. 
    O`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta 
    yoshdagi xodimlar bilan teng xuquqlidir. O`smirlarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar 
    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 239-moddasida 
    quyidagicha qayd 
    etilgan. Belgilangan kvota hisobidan joylarga ishga joylashtirish tartibida mahalliy 
    mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, 18 yoshga to`lmagan 
    shaxslarni ish bilan ta`minlovchi ishga qabul qilishi shart. 
    Kvota hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan 
    sudga shikoyat qilish mumkin. O`n sakkiz yoshga to`lmagan barcha shaxslar dastlabki 


    53 
    tibbiy ko`rikdan o`tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o`n 
    sakkiz yoshga etganlaridan keyin har yili majburiy tarzda tibbiy ko`rikdan o`tkazib 
    turilishi kerak. O`smirlarni doimiy ishga 16 yoshdan qabul qilishga ruxsat etiladi
    ayrim hollarda 15 yoshga to`lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o`rnini 
    bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. YOshlarni 
    mehnatga tayyorlash maqsadida umumta`lim maktablari, o`rta maxsus kasb-hunar 
    o`quv yurti o`quvchilarini 14 yoshga to`lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki 
    ular o`rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan o`smirlarning sog’ligiga va kamol 
    topishiga ziyon etkazmaydigan va ta`lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishlarni 
    o`qishdan bo`sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo`l qo`yiladi 
    (77-
    modda).
    O`smirlarni ishga qabul qilish 
    Mehnat kodeksining 241-moddasida
    ko`rsatilgan 
    talablarga rioya etilgan holda bajariladi. 18 yoshga to`lmagan shaxslarni og’ir, zararli 
    va xavfli mehnat sharoitlarida ishlatish mumkin emas (241-modda). 
    16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan o`smirlar uchun bir ish haftasidagi ish soati 36 soat, 
    15 – 16 yoshda esa 24 soatgacha qisqartiriladi. O`quv yili mobaynida ishlaydigan 
    o`quvchilar uchun, 14 dan 16 yoshgacha bo`lganlarga 2 soat, 16 dan 18 yoshgacha 
    bo`lganlarga 3 soat ish soati belgilangan 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish