- ma`ruza. Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

7- ma`ruza. Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari 
Reja. 
1. Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri. 
2. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari. 
3. Mo``tadil iqlim sharoitini yaratish. 
4. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish. 
 
1.Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri. 
Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko`rsatkichlar, havoning 
harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo`lib, 
hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson 
organizmidagi biologik o`zgarishlarga katta ta`sir ko`rsatadi 
Inson tanasidagi doimiy mo``tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy 
nerv a`zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi. 
Inson uchun orombaxsh, mo``tadil iqlim sharoiti deganda, yuqorida aytilgan havo 
o`lchamlarining o`zaro mutanosibligi tushuniladi. Bu mutanosiblik odam tanasida 
harorat odam tanasida harorat almashuvi reaktsiyasini hech qanday zo`riqishsiz 
kechishini hamda o`zida huzur-halovat sezishi va shu bilan birga ishchanlik 
qobiliyatini yuqori bo`lishligini ta`minlaydi. 
Ma`lumki haroratning 18-25
0
S, nisbiy namlikni 40-70% va bosimning 740-760mm. 
sm ustunida bo`lishi, odam tanasi va uni o`rab turgan havo o`rtasidagi harorat 
almashinuvi jarayoniga kuchli ta`sir ko`rsata olmaydi, chunki bunday sharoitda 
muhitlar o`rtasidagi issiqlik almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko`chadi, ya`ni tanadan 
chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng holda 
almashinadi. Agar havoning holatida bunday mutanosiblik buzilsa, shu muhitda 
ishlayotgan odamning salomatligida ham o`zgarish paydo bo`ladi. 
Muhitning harorati 18-25
0
S bo`lganda odam tanasidan chiqayotgan issiqlik nurlanish 
yoki harorat almashinuvi qonuni asosida havoga quruq g’ubor holatiga sekin tarqaladi, 
30
0
S dan yuqori haroratda esa bug’lanish sodir bo`ladi, ya`ni tanadagi ortiqcha issiqlik 
mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat ta`siridan yo`l-yo`lakay to`qimalardagi tuz 
eritmalarini yuvib, teri sirtida ter shaklida paydo bo`ladi. 
Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik uzatish qobiliyati susayib boradi
bug’lanish jarayoni esa to`xtovsiz ortib boradi, natijada organizm tez holsizlana 
boshlaydi. Agar havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa tanadan ajralib 
chiqayotgan terning bug’lanishi qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit o`rtasidagi 
harorat almashuvi buziladi. 
Agar havo harakati tezligi oshib ketsa tana bilan havo o`rtasidagi harorat tafovuti 
keskin orta boradi, shu sababdan organizm tez soviy boshlaydi, va natijada shamollash 
bilan bog’liq xastaliklar kelib chiqadi. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- ma`ruza. Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish