59
Qurilishi lozim bo`lgan ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash va qurilish jarayonida
sanitariya-gigiena, yong’in xavfsizligi bo`yicha ma`lum maxsus talablar qo`yiladi.
Qurilayotgan korxonaning ish
joylaridagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi
talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me`yorlari, ish
joylarining
yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish bo`yicha
choralar qo`llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma`lumotlar tahlili va
ishchilarning salomatligi to`g’risidagi ma`lumotlar, korxonada xavfsiz mehnatni
to`g’ri tashkil qilishga ilmiy va amaliy asos yaratadi .