Yoritilganlik va ularning asosiy turlari




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

2. Yoritilganlik va ularning asosiy turlari 
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya`ni 
ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi. 
a) Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan 
hosil bulgan yorug’lik mahsulidir. 
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan 
kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m
2
ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir. 
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha 
va infraqizil nurlari mavjud bo`lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat 
qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish xususiyatiga ega. 
Tabiiy yorug’likdan uch xil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali
devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan 
tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 
-YOrug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo`naltirilgan yoki 
tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi; 
-Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi. 
b) Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini 
yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun`iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash 
ko`rinishda bo`ladi. 
-Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi.
-Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me`yor talabi 
darajasida ta`minlaydi. 


72 
-Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda 
qo`llanilganligidir. 
Bu xildagi ya`ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-kontrastni 
yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi. 
v) YOritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana 
favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va 
evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi.

Download 3,02 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yoritilganlik va ularning asosiy turlari

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish