79
kamaytirish, shovqin yo`lini to`siqlar yordamida pasaytirish. Mehnat tartiboti
jarayonlarini
va
uskunalarni
mukammallash-tirish,
korxonalarni
me`moriy
rejalashtirish hamda binolarni akustik jihozlashlar kiradi.
Har qanday dastgohda buylama yoki aylanma harakat natijasida aerodinamik, mexanik
va elektromagnit shovqinlari mavjud. Bu xildagi shovqinlarni 5-10 dBl ga pasaytirish
uchun tishlik o`tkazgichlardagi oraliq,
tirqishlarni barham topishi, imkoni borcha
plastmassa detallarni ayniqsa o`z vaqtida sifatli ta`mirlash
hamda harakatdagi
qismlarni moylash kifoyadir.
Aerodinamik va elektromagnit shovqinlarni to`sish va yutish xususiyatiga ega bulgan
ekran va maxsus qoplamalar ishlatiladi.
Sershovqin hamda zararli binolar alohida mintaqaga joylashtirilgan holda
loyihalashtirilishi va ularga yaqin binolar yoki korxonalarni sanitariya me`yorlari
talabiga muvofiq masofaga joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish binolarini va yordamchi binolarni va yordamchi binolarni loyihalarini
tuzayotganda kam shovqinli xonalarni iloji borcha sershovqin dastgohlar o`rnatilgan
xonalardan uzoqroq joylashtiriladi. Sershovqin binolarda
ishlaydigan ishchilarni
shovqindan himoya qilish uchun akustik ekranlar yoki tovush yutgich qopqoqlar,
masofada turib boshqarish, bino devorlarini va shiftini tovush yutgich materiallar bilan
pardozlash, tovushdan himoyalangan dam olish
xonalarini tashkil qilish, tebranma
yoki aylanma harakat qiluvchi qismlari mavjud dastgohlarni yumshatgich moslamalari
(amortizatorlar) bulgan – poydevorlarga o`rnatilishi va boshqalar
zarur tadbirlardan
hisoblanadi.
2-rasm.
SHovqinga qarshi naushniklar:
1-plasmassa qobiq; 2- shisha mato; 3- shibbalovchi taglik; 4 - olinadigan chexol
plyonkali.
SHaxsiy himoya vositalari quyidagi xususiyatlarga ega bulishi shart:
-shovqinni sanitariya me`yori darajasi miqdorigacha kamaytirilishi kerak;
-gaplashganda so`zlarning mohiyatini pasaytirmasligi zarur;
-quloq suprasiga kuchli bosim berib og’riq chiqarmasligi kerak;
80
-xavf-xatardan ogohlantiruvchi tovushli daraklarni bug’masligi lozim va estetika
talablariga javob berishlari shart.
SHovqinni ixotalash. SHovqinni asosiy qismi havo orqali
tarqalishini hisobga olgan
holda, uning yo`liga biror to`siq qo`yilsa, ma`lum miqdorda bosimi kamayadi.