76
10-Ma`ruza.
Shovqin va titrashdan muhofazalanish
Reja.
1. Shovqin va titrash haqida umumiy ma`lumotlar.
2. Shovqin va titrashga qarshi kurash usullari.
3. Shovqindan himoyalanish usullari va vositalari.
4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.
5. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.
Tayanch iboralar
SHovqin, titrash, baxtsiz hodisalar,
jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar,
avariyalar,
yong’in, dermotologik vositalar, portlashlar,
himoya vositalari, dezinfektsiyalash,
dezaktivatsiyalash.
1. SHovqin va titrash haqida umumiy ma`lumotlar.
SHovqin
va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik
tebranishlaridir.
Me`yordan yuqori, uzoq ta`sir
etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini
zararlantirib, og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir.
Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit beradigan tovushlarga
shovqin deb
ataladi.
Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli,
keskin va uzoq
davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog’ligiga salbiy ta`sir ko`rsatib,
natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini
ish faoliyatini buzadi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gts.gacha bulgan
to`lqinlarini eshitadi. 15 Gts. dan past chastotadagi
shovqin infratovush, 20000 Gts.
dan yuqorisi esa ul’tratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta`sir
ko`rsatadi.
Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: