Inson eshitish a`zosining tuzilishi




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

2. Inson eshitish a`zosining tuzilishi 
Keng doiradagi elektroakustik apparatlar: telefonlar, mikrofonlar radiokarnaylar, 
tovush yozish va qayta eshittirish apparatlariga, shuningdek tovush kuchaytirish 
traktlari apparatlariga, radioeshittirish va televidenie dasturlari tovush jo`rligiga 
bo`lgan talablar asosan odamning eshitish a`zosi bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarni 
o`rganish, odam eshitish a`zosining tuzilishi, ko`zning tuzilishi bilan birgalikda 
o`rganishni «eksperimental psixologiya» yoki «eshitish psixofiziologiyasi» deb 
ataluvchi fanlar tashkil etadi. Bu tekshirishlarning asl mohiyati odamning tovush, 
yorug’lik va boshqa ta`sir qiluvchilarga nisbatan miqdoriy reaktsiya ifodasini 
topishdan iborat. Faqat eshitish a`zosining miqdoriy tavsiflari bilangina tovush va 
musiqalarni uzatish uchun radiokarnaylarning chastota diapazonlari, manbalarning 
tabiiy eshitilishiga mos bo`lgan tovushning shiddatligi diapazoni (musiqa asboblari 
ovozlari), nutq xabarlari va kontsert dasturlarini eshitishdagi belgilangan xalaqit 
beruvchi tovush shiddatligi va b.q. texnik talablarni ta`riflash mumkin. Bu 
xususiyatlarni bilish nutq tovushining qanday tarkiblari axborot tashuvchi, 
elektroakustika traktlarida uzatilayotgan signalning qanday buzilishi sezilarli va u 
eshittirishning badiiyligi yoki aniqligi bilan qanday bog’liqligini tushunish uchun 
zarur. 
Nihoyat, odamning eshitish apparati o`ta mukammal biologik aniqlaydigan tizim. Bu 
tizimning elementlari sun`iy akustik va elektron – akustik aniqlovchi tizimlarni 
tuzishda foydali bo`lishi mumkin. Odam eshitish apparati axborotlarni o`ziga xos 
qabul qilgich bo`lib, eshitish tizimining oliy bo`limlari va pereferik qismlaridan tashkil 
topgan. 
Odam eshitish a`zosining tuzilishi 1. rasmda ko`rsatilgan. 
1 -rasm. Odamning eshitish a`zosi 
Eshitish a`zosi uch qismdan: tashqi, o`rta va ichki quloqdan iborat. Tashqi quloq, 
quloq chanog’i 1 dan iborat bo`lib, undan quloq pardasi 3 bilan tugovchi eshitish 
yo`lakchasi 2 ajraladi. Quloq pardasi tovushni eshitish jarayonidagi birinchi zveno 


86 
hisoblanadi. Quloq pardasi unga etib kelgan o`zgaruvchan bosimli tovush to`lqinlariga 
mos holda tebranadi. Atmosfera bosimi pardaning ikki tomonida bir xil bo`lgandagina 
uning normal tebranishi kuzatiladi: parda tashqi va o`rta quloqning chegarasi bo`lib 
hisoblanadi. Pardaning ikki tomonida tovush bosimining muvozanatlashuvi o`rta 
quloqdagi maxsus Evstaxieva turubkasi 4 deb ataluvchi burun tomoq bilan 
birlashuvchi kanal hisobiga erishiladi. 
Bosim muvozanatining buzilishi natijasida quloqda qattiq og’riq paydo bo`ladi. 
Bunday hisni tashqi atmosfera bosimining samolyot qo`nish va uchish vaqtidagi 
bosimga nisbatan oshishini hammamiz sezamiz. O`rta quloq uchta katta bo`lmagan 
suyakchalardan: bolg’acha 5, ichki tog’ay 6 va eshituv suyakchasi 7 dan iborat.
Suyakchalarning bunday nomlanishi ularning shu narsalarga o`xshashligi tufaylidir. 
Suyakchalar o`ziga xos richag hosil qilib, quloq pardasi tebranishini ichki quloqqa 
uzatadi. eshitish suyakchasi ichki quloqning mo`jazgina yassi oval darchasiga 
biriktirilgan bo`lib, unga quloq pardasi qabul qilayotgan tebranishlarni uzatadi. Ichki 
quloqda joylashgan chanoq 8 membranani siypab o`tuvchi ilviriq suyuqlik bilan 
to`ldirilgan. Membranada 22 mingga yaqin nerv tolalari mavjud bo`lib, u tolalar 
tebranishlarini bosh miya qobig’iga uzatuvchi vazifasini bajaradi. Bosh 7 miyada 
tovush tebranishlari ongimiz bilan sezuvchi ma`lum tovushga aylanadi. 
O`rta quloqda yarim doira kanallari ko`rinishidagi vestibulyar apparat 9 joylashgan. 
Bu apparat eshitishga aloqasi bo`lmagan holda muvozanat a`zosi hisoblanadi. Tovush 
tebranishlari ichki quloqqa quloq pardasini aylanib, bosh miya suyaklari orqali ham 
o`tishi mumkin. Ma`lumki, asta tebranayotgan kamerton oyog’ini tishlab uning 
tovushini eshitish mumkin. Garanglik dardiga mubtalo bo`lgan amerikalik ixtirochi 
edison shunday degan edi: 
«Men tishlarim va bosh miya suyagim yordamida eshitaman. Menga boshimni 
tekkizishim etarli, agarda past tovushlarni anglay olmasam, men tishlarim bilan taxta 
bo`lakchalarini tishlayman va unda menga hammasi ayon bo`ladi). 
Fiziologik nuqtai nazardan eshitish a`zosi mutloq o`ziga xos ammo, o`ta sub`ektiv 
ya`ni, real eshitish jarayoniga mavjud tovushlarning ob`ektiv xususiyatlarini 
kiritadigan asbobdir. Ayniqsa, 
gap nutq eshitish balandligi, kuchi va tovush tembri haqida borganda. 
Eshitish a`zosining birinchi xususiyati, turli balandlikdagi tovush eshitish 
chegarasining mavjudligida. Quloq tovush tarzida chastotasi 16 Gts dan 20000 Gts 
gacha bo`lgan oraliqdagi mexanik tebranishlarni eshitadi. 16 Gts dan past 
chastotalardagi tebranishlarni biz eshitmaymiz. Bunday tovush tebranishlari infra 
tovushlar deb ataladi 20000 Gts dan yuqori chastota tebranishlari ul’tra tovushlar deb 
ataladi. Infra va ul’tra tovush tebranishlarini ham eshitmaymiz. Infra va ul’tra tovush 
tebranishlarini hayvonot olami yaxshi eshitadi. Masalan, bir necha gerts chastotalier 


87 
qimirlashini hayvonlar bezovtalanib qabul qiladilar, bu ularning shu kichik chastota 
tebranishlarini eshitishidan dalolat beradi. 
16÷20000 Gts oralig’idagi tovushlarning eshitilishi bir xil emas. Baland tovush 
eshitilish hissi uning chastotasi taxminan 14000 Gts ni tashkil etganda yo`qoladi. 
Bundan yuqori chastota tovushlarini eshitish a`zosi teng balandlikdagi tovushlardek 
qabul qiladi. CHastotaning 14000 Gts dan yuqori chegara 20000 Gts tomonga oshishi 
tovush balandligining pasayayotgandek tuyulishiga olib keladi. YOsh o`tishi bilan 
odamning eshitish yuqori chegarasi 12000 Gts gacha pasayib, tovush balandligini 
sezish ham susayadi.
8 CHastota tebranishlarining kichik o`zgarishini eshitish a`zosi qanday sezadi? eshitish 
a`zosining tovush chastotasi o`zgarishiga bo`lgan qobiliyati eshitish a`zosining 
nozikligi deb ataladi. 
1000 Gts li tovush tebranishida chastotaning 3 Gts ga o`zgarishi sezilarli bo`ladi. 
Bundan chiqdi 600 ÷ 4000 Gts oralig’ida chastotaning 0,3% ga nisbiy o`zgarishi ham 
sezilarli. Past va baland tovushlarda bunday o`zgarishni sezish uchun chastotani 
katgaroq qiymatga o`zgartirish kerak. 
Musiqachilarda musiqa tovushi balandligini sezish va uni baholashda ikkita tushuncha 
mavjud bo`lib: absolyut va nisbiy eshitish qobiliyatiga ajratadilar. 
Absolyut eshitish qobiliyati deb, kamdan - kam odamlarda uchraydigan berilgan 
tovush balandligi va tovush notasini aniqlanishiga aytiladi. Absolyut eshitish 
qobiliyatiga ega bo`lgan odam istalgan notani boshqa tovush bilan solishtirmasdan 
qayta eshittirishi mumkin. Bunday absolyut eshitish qobiliyatiga tabiatan kamdan - 
kam insonlar egadirlar, hattoki ko`pgina kompozitor va ijrochi - musiqachilar ham 
bunday qobiliyatga ega emaslar. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish