81
5. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.
O`zbekiston Davlatining “Mehnatni muhofaza qilish to`g’risida” gi qonunning 13-
moddasiga asosan korxona ma`muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya
vositalari, bilan ta`minlashi, saqlash, yuvish,
quritish, dezinfektsiyalash,
dezaktivatsiyalash va ta`mirlash ishlarini bajarishi kerak. SHu bilan birga korxona
ishchilarini maxsus korjoma,
poyabzal, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq –
ovqat mahsulotlari, berilishi shartdir.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab, jamoa himoya vositalari va shaxsiy
himoya vositalariga bulinadi.
a) Agar ishning xavfsizligini jihoz va uskunalarning konstruktsiyasi,
ishlab chiqarish
jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish echimlari va jamoa himoya
vositalarini qo`llash bilan ta`minlash iloji bulmagan taqdirda,
shaxsiy himoya
vositalari qo`llaniladi.
b) SHaxsiy himoya vositalari vazifalariga qarab quyidagilarga bulinadi:
-ixotalovchi kostyumlar (pnevmoqostyumlar, namdan ixotalovchi kostyum-lar,
skafandrlar);
-nafas a`zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, resperator-lar, havo shlemlar,
havo maskalar);
-korjomalar (kombinzonlar,
yarim kombinzonlar, kurtkalar, shimlar, kostyumlar,
xalatlar, plashlar, po`stinlar).
-maxsus poyafzal (etiklar, qunji kalta etiklar, botinkalar, qo`njli botinkalar, tuflilar,
kalishlar, botilar);
-qo`llarni himoya qilish vositalari (qo`lqoplar);
-boshni himoya qilish vositalari (kaskalar, shlemlar, shapkalar, beretkalar, shlyapalar);
-yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
-ko`zni himoya qilish vositalari (himoya ko`zoynaklari);
-eshitish a`zolarini himoya qilish;
-ehtiyot moslamalari (ehtiyot
kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo`l changaklari,
manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va elkani ehtiyot qilish moslamalari);
-himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pastalar, kremlar, moylar).
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika
talablariga javob berishi, himoya
samaradorligi yuqori bulishi, ishlatishda qulay bulishi, bajarilayotgan
ish turiga mos
bulishi kerak. SHu ish uchun mo`ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan
texnik hujjatlari bulmagan, shaxsiy himoya vositalarini qo`llash taqiqlanadi.