|
Zaharli moddalarga yo`l qo`yilgan miqdorlar me`yoriBog'liq 5b27936d71643
4. Zaharli moddalarga yo`l qo`yilgan miqdorlar me`yori.
Hozirga sharoitda ishchi-xizmatchilarning ish joylaridagi muhitda inson sog’lig’iga
salbiy ta`sir etuvchi zaharlarning bo`lmasligi talab etilishi, albatta, tabiiy hol
hisoblanib, ushbu natijaga erishish esa o`ta mushkul muammo bo`lib, uni ishlab
chiqarishga joriy etish katta moddiy xarajatlar evaziga amalga oshiriladi.
SHunga ko`ra mehnat gigienasida yo`l qo`ysa bo`ladigan bezarar miqdorlarni asoslash
zarurati vujudga keldi.
GOST ning “Ish mintaqasi havosi” bo`limida bu miqdor quyidagicha belgilanadi: ish
mintaqasi havosida zararli moddalarning 8 soat davomida yoki haftasiga 40 soatdan
oshmagan mehnat jarayonida, tekshirish uslublari bilan aniqlanadigan kasalliklar yoki
sog’liq holatidan chetlanishlar keltirib chiqarmaydigan miqdorda yo`l qo`yiladi.
Zaharli moddalar uchun yo`l qo`yilgan miqdor (YQM) belgilangan bo`lib, ularni
asoslab berishda zamonaviy ilmiy nuqtai nazardan foydalaniladi, inson organizmining
nozik fiziologik va biokimyoviy ko`rsatkichlari hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishda mehnat gigienasining, gigienik me`yorlari, ilmiy texnika taraqqiyoti
yutuqlariga asoslangan holda, muhandislik tafakkurini birmuncha mukammal
texnologiya va ishlab chiqarish uskuna - jihozlar yaratishga jalb etiladi.
Zaharlarning YQM ni asoslashda:
-moddalarning fizik - kimyoviy xossalari;
-eksperimental tekshirish natijalari;
-ishlab chiqarish gigienik kuzatuv ma`lumotlarida ishchilarning sog’ holati va
kasallanishiga doir materiallardan foydalaniladi.
Zaharli moddalarga qarshi kurash jarayoni sanitariya sharoiti, sog’lomlashtirish
tadbirlari, yangi korxonalarni loyihalashdayoq, amalda YQM larni gigienik
ma`lumotlari bilan to`ldirib, qayta ko`rib chiqiladi,
Davlat standartiga asosan zaharli moddalar organizmga ta`sir ko`rsatish darajasiga
qarab: o`ta yuqori, o`rtacha va kam xavfli sinflarga bo`linadi.
|
| |