Texnika xavfsizligi




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

Nazorat savollari 
1. Sanoat korxonalari infra va ultra tovushlari. 
2. Inson eshitish a`zolarining tuzilishi. 
3. Chastota bo`yicha eshitish 
 
12-ma`ruza. CHanglar va zaharli gazlarning inson organizmiga ta`siri 
Reja. 
1. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri. 
2. Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari. 
3. Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri. 
4. Zaharli moddalarga yo`l qo`yilgan miqdorlar me`yori. 
5. Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish. 
 
Tayanch iboralar 


91 
Zaharli moddalar, gigiena, zaharli gazlar, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy 
kasalliklar, avariyalar, yong’in, portlashlar.
 
1. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri. 
Ishlab chiqarishdagi ko`p ishlarni bajarishda chang hosil bo`ladi. 
Ular kelib chiqish manbalariga ko`ra, tabiiy va sun`iy changlarga bo`linadi. 
a) Tabiiy changlar - inson ta`sirisiz hosil bo`ladi. Bunday changlar turkumiga shamol 
va bo`ronlar ta`sirida qum hamda tuproqning erroziyalangan qatlamlari uchishi
o`simlak va hayvon olamida, vulqonlar otilishi boshqa hollarda paydo bo`ladigan 
changlarni kiritish mumkin. 
b) Sun`iy changlar – ishlab chiqarish korxonalari va qurilishlarda insonning bevosita 
ta`siri natijasida hosil bo`ladi. 
Kelib chiqish xususiyati bo`yicha organik, mineral va aralashma changlarga 
farqlanadi. CHanglarning zararli ta`siri uning kimyoviy tarkibiga bog’liq. CHangning 
kattaligi, uch guruhga bo`linadi: 
-kattaligi 10 mkm.dan katta bo`lgan changlar. Bunday changlar o`z og’irligi ta`sirida 
erga qo`nadi; 
-kattaligi 10 mkm.dan 0, 25 mkm.gacha bo`lgan changlar. Ular erga juda sekinlik bilan 
tushadi va mayda changlar deb yuritiladi. 
-kattaligi 0,25 mkm.dan kichik bo`lgan changlar, ular erga qo`nmay havoda uchib 
yuradi. CHangning inson organizmiga ta`siri, eng avvalo, nafas olganda yuzaga keladi. 
Bunda havo bilan nafas olish, asosan, nafas organlarini zararlanishi: bronxit, pnevmo-
konioz yoki umumiy reaktsiya (zaharlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi 
va changning o`pka yo`liga kirishi pnevmaniya, sil, o`pka rakining kelib chiqishiga 
sharoit yaratishi mumkin. Qo`rg’oshin, mis va boshqa metallarning changi inson 
organizmiga zaharlovchi modda sifatida salbiy ta`sir ko`rsatadi. 
CHangning hosil bo`lishi va tarqalishiga qarshi kurashda texnologik jarayonlar 
avtomatik usullarga o`tkazilgan halda jihozlarning zichligi oshirilib, ma`lum 
masofadan turib boshqarish tizimlariga o`tish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish