98
4. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari. (“MMQT dagi qonunning 14-modda)
Vazirliklar, idoralar, kontsernlar,
assotsiatsiyalar, boshqa xo`jalik organlari kasaba
uyushmalari Markaziy (davlat) qo`mitasi bilan kelishib o`zlari tasdiqlaydigan nizomga
muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega
shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi)
50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo`lgan korxonalarda esa bundan tashqari,
yo`l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va
transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish
xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo`l harakati xavfsizligi
xizmatlari kasaba uyushmasi
qo`mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o`z maqomiga ko`ra
korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo`ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni
muhofaza qilish qoidalari va me`yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq
bo`linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish
haqida bajarilishi shart
bo`lgan ko`rsatmalar berish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi
qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqidagi korxonalarning
rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
Mehnatni muhofaza qilish va yo`l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari
ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo`lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin
emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo`l harakati xavfsizligi xizmatlari
korxona faoliyati
to`xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.
Ushbu xizmatlarning bajarilishi zarur bo`lgan asosiy vazifalari, ishlab chiqarish bilan
bog’liq bo`lgan baxtsiz hodisalar, zaharlanish va kasb kasalliklarini keltirib chiqargan
sabablarini aniqlab qaytarmaslik tadbirlarini ko`rishdir.