103
tizzalardan, asab tolalarning birikish joylar va boshqa joylardan nisbatan uncha katta
bo`lmagan toklar o`tganda ham halokatlarga olib keladi.
Elektr tokidan jarohatlanish natijasida insonning individual xususiyatlariga
sezilarli darajada bog’liq bo`ladi.
Masalan, bir xil miqdordagi tok ikki kishidan o`tganda birinchisida kuchsiz sezgi
uyg’otsa, ikkinchi kishining muskullarini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Kishiga
ta`sir etuvchi tok qiymati insonning jismoniy va ruhiy holatiga bog’liq holda
o`zgaradi.
Insonni mast holatida bo`lishi, uning organizmini elektrga qarshiligini
kamaytiradi va shunga ko`ra uning jarohatlanishi xavfini ko`paytiradi. YUrak, o`pka,
asab kasalliklari bilan xastalangan insonlar uchun tok xavfli ta`sir ko`rsatadi. SHuning
uchun elektr qurilmalarida ishlashga tibbiy ko`rikdan o`tgan va maxsus ma`lumotli
kishilarga ruxsat etiladi.
Hayvonlar organizmiga elektr toki inson organizmiga ta`sir qilganidek ta`sir
qiladi. Hayvonlarda olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, uning massasi qancha
katta bo`lsa elektr toki ta`siri xavfi shuncha kam bo`ladi. 100 mA miqdordagi tok
kuchi hayvonlarni nafas olishi va yurak faoliyatida hech qanday o`zgarish hosil
qilmaydi. Ammo hayvon tanasi qarshiligi inson tanasi qarshiligidan juda kamdir.
Yirik shoxli hayvonlarning oldingi va orqa oyoqlari orasidan qarshiligi 400…600
om bo`lib, hayvon yiqilayotgan holatida tanasini namligiga bog’liq ravishda 50…100
om gacha kamayadi. Hayvon organizmiga doimiy ravishda ta`sir etadigan eng kam
kuchlanish ham uning mahsuldorligini kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
Qoramollarga ta`sir etuvchi kuchlanish miqdori 4…8 V bo`lganda uning sut berishi
20…40% ga kamayar ekan.