|
Texnika xavfsizligiBog'liq 5b27936d71643Nazorat savollari.
1. Mehnat xavfsizligi bo`yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish.
2. Korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta`minlash.
3. Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar.
4. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari. (“MMQT dagi qonunning 14-modda).
5. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo`yicha ishlarni boshqarish.
14-Ma`ruza. Sanoat korxonalarida elektr xavfsizligi
Reja:
1. Elektr tokidan jarohatlanishning xavfliligi.
2. Insonni elektr tarmog’iga qo`shilishi mumkinligi sxemasi.
3. Tegish va qadam kuchlanishi.
4. Elektr uskunalarini erga ulash va nollashtirish.
5. Himoya ajratkichi. elektr patentsiallarini tenglashtirish. Statik elektrdan
himoyalanish.
Tayanch iboralar
Chastota, static elektr, fibriliyatsion tok, tegish kuchlanishi, qadam kuchlanishi,
nollashtirish, generator.
Zamonaviy ishlab chiqarish elektr toki qo`llanilishi bilan chambarchas bog’liq. elektr
toki mehnatni engillashtirish bilan bir vaqtda odamlar sog’ligi va hayoti uchun katta
xavf manbai hamdir. Boshqa xavf manbalardan farqli, ularoq elektr toki xavfini
masofadan, o`lchash asboblarisiz aniqlab bo`lmaydi.
Elektr tokidan jarohatlanish quyidagi har xil sharoitlarda sodir bo`lishi mumkin:
1.
izolyatsiyasi ishdan chiqqan o`tkazgichlar yoki ochiq tok uzatish qismlarga
tekkanda;
2.
yoy orqali elektr toki ta`siridan;
3.
tasodifan kuchlanish ostida bo`lgan uskunalarning metall qismlaridan;
4.
katta o`lchamdagi mashinalarni elektr uzatish tarmoqlariga ruxsat etilmagan
yaqinlikda joylashgan (avtokranlar, g’alla kombaynlari) va boshqa shunga o`xshash
hollarda.
Statik ma`lumotlardan ma`lumki, elektr tokidan jarohatlanganlar ichida kishilarning
ko`pchiligi elektrotexnik kasbga ega bo`lmagan odamlardir. Ishlab chiqarishda elektr
tokidan jarohatlanishlarni tekshirish shu narsani ko`rsatadiki, ko`pchilik baxtsiz
voqealar elektr uskunasi bilan ishlashga o`qimagan, elektr xavfsizligi haqida
ma`lumoti yo`q ishchilarni ishlatish natijasida sodir bo`ladi.
|
| |