94
-havo holatini nazorat qilib turish,
-gigienik talablarga qat`iy amal qilish,
-shaxsiy himoya vositalarini qo`llash,
-sanitariya qoidalari bo`yicha yo`l-yo`riqlar berib turishlar kiradi.
Standart bo`yicha xavflilikning 1 sinf moddalarini nazorat qilishda,
zaharli
moddalarning miqdorlarini faqat o`lchash va aniqlash bilan kifoyalanmasdan, balki
YQM oshgan taqdirda zarur chora – tadbirlar ko`rish uchun tovush va yorug’lik
signallarini ishga soladigan avtomat yozish asboblari bilan ta`minlanishi
maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Zaharlanishni bartaraf etish sanitariya texnikasini keng tarqalgan turi, shamollatish
usuli katta ahamiyatga ega.
Unga qo`yiladigan asosiy gigienik talab-zaharli
moddalar mavjud hududlarda, havo
muhitiga tarqalgan taqdirda, sof havo berish yo`li bilan miqdorini pasaytirib,
kuchsizlantirishdan iborat.
Zaharli moddalar bilan ishlaydigan shaxslar xususida
mehnat qonunida ish kunini
chegaralash, ta`tilning davomiyligini ko`paytirish, nafaqaga birmuncha erta muddatda
chiqarish kabi chora-tadbirlar ko`zda tutiladi.
Inson organizmiga zararlanishning xavfli ta`siri yuqori bo`lgan korxonalarda ayollar
va o`smirlarning ishlashi qatiyan man etilgan.
Ish mintaqasidagi zaharli moddalarning YQM davlat tomonidan belgilanadi va davlat
nazorati olib boriladi.
Zaharlarning ta`sir qilish ehtimoli bo`lgan bir qator korxonalarda,
ishchilarni
qo`shimcha tibbiy ko`rikdan o`tkazish va maxsus korxona hisobidan ovqatlantirish
ko`zda tutilishi shart.