3. Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri. Ishlab chiqarishda zaharlanish inson organizmiga, nafas yo`llari, me`da ichak yo`llari,
teri qoplamalariga, terining shikastlangan qismi orqali o`tadi.
Zaharlanishning ko`p turlari nafas olganda gaz, bug’, tumanli aerozollarni yutish
natijasida yuzaga kelib, bir xil zaharlar bilan surunkali yoki o`tkir zaharlanishda
organizm turlicha shikastlanadi. Bunda o`pka to`qimasi sathining kattaligi, zaharning
qonga tez tushishi va havodan nafas olganda turli organlar va tizimlarga o`tish yo`lida
qo`shimcha to`siqlarsiz yutilishi sabab bo`ladi.
Ayrim zaharli moddalar o`pkadan arterial qonga o`tib, so`ng boshqa organlar va
to`qimalarga tashiladi hamda tez reaktsiyaga kirishadigan deb nomlanuvchi bu
moddalar, qisqa vaqt ichida butun organizmga tarqaladi.
Sekin reaktsiyaga kirishadigan zaharli moddalar arterial qon to`qimalaridan bir
muncha sekinlik bilan o`tib, ulaning arterial qondagi miqdori venadagiga nisbatan
yuqori bo`lib turadi. To`qimalar to`yina borgan sari bu tafovut yo`qoladi va zaharli
moddalarning nafas bilan chiqariladigan havodagi miqdori uning nafas bilan oladigan
miqdoriga yaqinlashadi.
Havoda bo`lgan zaharli gazlar va bug’lar teri orqali so`rilishi mumkin, chunki teri
nafas olish jarayonida qatnashadi.
Bundan tashqari havodagi zaharli bug’lar va gazlar teridagi yog’ qatlamida erib,
keyinchalik u orqali so`rilishi mumkin.
YOg’simon moddalarda eruvchan zaharli moddalar, xususan, uglevodlar, aromatik
aminlar, benzol, anelin kabi birikmalar teri orqali o`tish xususiyatiga ega.
Ishlab chiqarishdagi zaharlarning teri orqali o`tish xususiyatini gigienik me`yorlarda
va sog’lomlashtirish tadbirlarini o`tkazishda hisobga olinadi: bunday moddalar uchun
havodagi yo`l qo`yiladigan miqdor birmuncha past belgilanadi, teri qoplamalarini
himoya qilish choralari ko`zda tutilgan holda, ishdan keyin, albatta, yuvinish tavsiya
etiladi.
Zaharlar ovqat hazm qilish organlariga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaganda:
iflos qo`l bilan ovqatlanishda, chekishda tushadi. Zaharli moddalarning me`daga
tushishi, uni shilliq pardasi zararlanishi, sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishiga
93
sabab bo`ladi. Organizmga tushgan zaharning qon oqimi bilan to`qimalarda, oqsil
hujayralari va to`qimalararo muhitning boshqa tarkiblari bilan o`zaro fizik-kimyoviy
ta`sirlashuvi ro`y beradi,
Bu jarayonlarning biologik yo`nalishi organizmning zaharlarga qarshi kurashidir.