90
Bu holda absolyut eshitish qobiliyatiga ega bo`lgan musiqachilar ham ovozdagi farqni
anglay olmaydilar, chunki, chastota tebranishlari farqi 4% dan oshmaydi. Bu farq
sekundiga ikkita kadrni tashkil etsagina ovozdagi farqni anglay oladilar. Keng polosali
spektrga ega bo`lgan tovushlar masalan, shovqinlar eshitish a`zosi asosiy
membranasining barcha tolalarini qo`zg’atadi. eshitish a`zosining kuchsiz
tanlovchanligi hisobiga eshitishning har bir kritik polosasida spektr integratsiyalanadi,
eshitish a`zosi uzluksiz spektrni diskretlaydi ya`ni, u shovqin chastota spektriga teng
kritik polosalar soniga aylantiradi. eshitiladigan chastota diapazoni bo`yicha tovushni
sub`ektiv baholash uchun tovush balandligi tushunchasi kiritilgan. eshitishning kritik
polosasi kengligi o`rta va yuqori chastotalarda taxminan chastotaga proportsional
bo`lganligi uchun, eshitishning chastota bo`yicha sub`ektiv masshtabi logarifmik
qonunga yaqinroq. SHuning uchun tovush balandligining ob`ektiv birligi sifatida
sub`ektiv eshitishni taxminiy aks ettiradigan chastotalarning ikki karralik nisbati
oktava qabul qilingan (1; 2; 4; 8; 16 va h.k). Oktavalarni bo`laklarga bo`ladilar: yarim
oktava, uchdan bir oktava. Uchdan bir oktava uchun quyidagi chegara chastotalari
standartlashtirilgan: 1; 1,25; 1,6; 2; 2,5; 3,15; 4; 5; 6,3; 8; 10. Agarda, bu 12
chastotalarni chastota o`qiga bir-biridan bir xil masofada joylashtirilsa, logarifmik
masshtab hosil bo`ladi. SHulardan kelib chiqqan holda, barcha o`lchovlarni sub`ektiv
masshtabga yaqinlashtirish maqsadida, tovush uzatish qurilmalarining chastota
tavsiflari logarifmik masshtabda chiziladi. Tovushlarni bu chastotalarda eshitish hissi
aniqroq bo`lishi maqsadida, eshitish tavsiflari uchun alohida sub`ektiv - 1000 Gts
chastotagacha deyarlik chiziqli masshtab va undan yuqori chastotalar uchun logarifmik
masshtab qabul qilingan. Tovush balandligining o`lchov birligi sifatida mel va bark
(100 mel = 1 bark) qabul qilingan.
Umumiy holda murakkab tovush balandligini aniq hisoblab bo`lmaydi.