83
11-Ma`ruza.
Infra va ultratovushlar va ularning inson organizmiga ta`siri.
Reja.
1. Sanoat korxonalari infra va ultra tovushlari.
2. Inson eshitish a`zolarining tuzilishi.
3. CHastota bo`yicha eshitish
1.Sanoat korxonalari infra tovushlari
Sanoat korxonalarida shovqin ostida ishlayotgan
inson mashina mexanizmlar
ajratadigan infra va ultra tovushlarning ham ta`sirida bo`ladi. Mashinasozlik sanoatida
nfra tovushlarning asosiy manbai ichki yonuv dvigatellari,
ventilyatorlar, porshenli
kompressorlar hisoblanadi.
Infra tovushlar darajasi 100-120 dB dan oshib ketgan
taqdirda ishchilarda bosh
og’rishi, sezilarli darajada quloq pardasining harakati vujudga keladi. Infra tovush
darajasi ortga borgan sari ichki a`zolarda tebranish
tebranish hissi vujudga keladi,
ishlash qobiliyati keskin susayadi, qo`rquv paydo bo`ladi.
Infra tovush bilan
kurashishning asosiy usullari quyidagilardir.
1.
Mashinalarning tezligini oshirish; bunda tovush to`lqinlari
eshitiladigan
palasalarga o`tadi.
2.
Konstruktsiyalar ustvorligini oshirish.
3.
Past chastotadagi tebranishlarni yo`qotish.
4.
Reaktiv tovush so`ndiruvchi vositalarni o`rnatish.
Umuman shovqin to`sish va yutish vositalari infra tovush bilan kurashishda hech
qanday natija bermaydi. Infra tovush bilan kurashishda
tovush ajralib chiqayotgan
manbaada kurashish yaxshi natija beradi. Hozirgi vaqtda ul’tra tovushdan
mashinasozlik sanoatida keng foydalanilmoqda.
Bunda foydalanadigan tovush
chastotasi 20kGts dan yuqori va quvvati bir necha kVt miqdorni tashkil qiladi.
Ul’tratovushlar tovush bilan bir fizik tabiatga ega bo`lgan, lekin eshitilish
chastotasining yuqori pog’onasidan ortiq (20000 gts va undan yuqori)
egiluvchan
muhitning mexanik tebranishlaridir. egiluvchan muhitlarda - suv,
metall va
boshqalarda ul’tratovush yaxshi tarqaladi, bu muhitlarning temperaturasi ham sezilarli
ta`sir ko`rsatadi.