Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari. 
Titrash ta`siridan himoyalanish, loyihalash bosqichlaridayoq boshlanib, barcha 
jihozlar, asbob – uskunalarni pasportlaridagi shovqin va titrash ko`rsatkichlariga qarab, 
eng qulaylarini tanlab olinadi. 
Bunda tebranuvchan va shovqinli dastgohlar mavjud bulgan binolarni, alohida ajratib 
shamol yo`nalishi buylab hudud chekkasiga joylashtirish maqsadga muvofiq buladi. 
Manbalardagi titrashlarni zararli ta`sirini kamaytirish usullarini ikki guruhga ajratish 
mumkin. Birinchisi manbalardagi titrashni qo`zg’atuvchi kuchlarni pasaytirish bulsa, 
ikkinchisi ularning poydevori bilan va boshqa dastgohlar hamda qurilish 
konstruktsiyalari bilan bog’langan joylarida titrashni pasaytirishdir. 
Manbalardagi titrashlarni pasaytirishda mashina, jihoz, aslahalarni to`g’ri o`rnatish, 
ularni o`z vaqtida sifatli ta`mirlash, moylab turish, ish tartibini to`g’ri tashkillashtirish 
va ularni zo`riqtirmasdan me`yorida ishlashini ta`minlash, jihozlarni masofadan turib 
boshqarish hamda shaxsiy muhofaza qurollari va kiyimlaridan o`rinli foydalanish 
kutilgan samaraga erishish imkoniyatini yaratadi. 
Agar manbaning o`zida tebranishni pasaytirish iloji bulmasa, u holda manba asosi 
bilan uning poydevori o`rtasida titrashni so`ndiruvchi rezina yoki prujina yoki 
amartizatorlar qo`yib pasaytiriladi. 
Titrashni pasaytirishda eng samarali usul, tebranuvchi jihozlarni o`ta takomillashgan 
tebranmaydigan yoki kam tebranadigan dastgohlar bilan almashtirishdir. 
Masalan, temir beton ishlab chiqarish tsexida betonni tebranish yo`li bilan zichlovchi 
uskunani takomillashtirilsa, ya`ni uning korpusini ostidagi mustaqil tebranuvchi bir 
guruh mitti amartizatirlar o`rnatilsa, bino polini umumiy tebranish darajasini va undan 
chiqadigan shovqinni ham keskin kamaytirish imkoni tug’iladi. 
Muhandislik tajribasida ko`pincha dastgohlardan tarqalayotgan titrash ta`sirini 
pasaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq qilishga to`g’ri keladi. Bu borada 
tebranishni pasaytirish uchun, tebra-ixota, tebro-so`ndirgich va tebro-qaytargich 
vositalaridan samarali foydalaniladi. 
a) Tebraixota ikki xil, passiv va faol ko`rinishda buladi. 
b) Tebroso`ndirgich, tebranish manbalaridan polga va u orqali binoning boshqa 
qurilmalariga ta`sirini oldini olishda, tebro-so`ndirgichni poydevorga o`rnatishdir. 
v) Tebroqaytargich, buni demfirlash usuli ham deyiladi va to`siqlar ustidan rezina
plastika yoki mastikalarda ixota qilinadi. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish