92
Ishlab chiqarishda zaharlanishlar o`tkir, o`rtacha va surunkali bo`lib,
quyidagicha
xarakterlanadi:
1. Zahar qisqa muddatda – bir smenada ta`sir qiladi;
2. Organizmda zahar katta miqdorda tushishi, kimyoviy moddani bilmay ichib qo`yishi
yoki teri qattiq zaharlanishi
natijasida sodir bo`ladi.
3. Surunkali zaharlanish - inson organizmiga
oz miqdordagi zaharlarning, uzoq vaqt
asta - sekin yig’ilishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, benzoldan o`tkir
zaharlanishda asosan asab tizimi zarar ko`radi va narkotik ta`sir ko`rsatiladi, surinkali
zaharlanishda esa qon tizimi zaharlanadi.
Ishlab chiqarish zararlari boshqa salbiy oqibatlarga ham sababchi bo`ladi.
Ular organizmning biologik
qarshiligini pasaytiradi, yuqori nafas yo`llari qatori, sil,
yurak-tomir tizim kasalliklari, rivojlanishiga imkon yaratib, bronxial asma, ekzema va
boshqa kasalliklarga duchor qiladi.