• Tayanch iboralar
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

     
    Nazorat savollari. 
    1. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri. 
    2. Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari. 
    3. Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri. 
    4. Zaharli moddalarga yo`l qo`yilgan miqdorlar me`yori. 
    5. Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish. 
     


    95 
    13- ma`ruza. Xavfsizlik texnikasi asoslari 
     
    Reja. 
    1. Mehnat xavfsizligi bo`yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish. 
    2. Korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta`minlash.
    3. Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. 
    4. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari. (“MMQT dagi qonunning 14-modda).
    5. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo`yicha ishlarni boshqarish. 
    Tayanch iboralar 
    Tashkiliy-metodik, axborot organi, boshqaruv ob`ekti, kasb kasalliklar, chora-
    tadbirlar,
     
    kasbiy zararlar baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, 
    avariyalar.
     
    1. Mehnat xavfsizligi bo`yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish. 
    Ishlab chiqarish va xalq xo`jaligining barcha sohalaridagi korxonalarda mehnat 
    muhofazasini tashkil qilish va uni boshqarish bo`yicha maxsus xavfsizlik xizmati 
    mavjud. 
    Bu xizmat 1966 yildan boshlab O`zbekiston Vazirlar Kengashi va kasaba uyushmasi 
    hay`atining qarorlariga asosan korxonalarda mehnat xavfsizligi bo`yicha tadbirlarni 
    tuzish, ularni joriy qilish va bajarilishini nazorat qilish maqsadida korxonalarning 
    barcha pog’onalarida shartli ravishda tarkibiy qismi sifatida kiritilgan edi. Ushbu 
    xizmatni bevosita shu korxonaning bosh rahbari boshqaradi va bu xizmatni tashkil 
    etish uchun, uning yordamchisi va asosiy mutasaddi shaxs sifatida, texnika xavfsizligi 
    bo`yicha muhandis tayinlanadi va unga hamkorlik qilish uchun, ko`p yillik ish 
    tajribasiga ega bo`lgan muhandis texnik xodimlar, mehnat jamoalari va kasaba 
    uyushmasi qo`mitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo`yicha o`zlari saylagan
    vakillar jalb etiladi. 
    Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari ishlab chiqarish jarayonlarida sodir 
    bo`ladigan zaharlanish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni keltirib chiqaradigan 
    sabablarini aniqlash, bartaraf etish choralarini ishlab chiqish, bajarilishini ta`minlash, 
    korxona ma`mu-riyatining ishchi va xizmatchilarga ish sharoitlarini yaxshilab borishi 
    ustidan nazorat qilib turishi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish 
    asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini doimiy takomillashtirish, mehnat 
    madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini olishga qaratilgan tashkiliy - texnik hamda 
    sanitariya - gigienik tadbirlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilishdan iboratdir. 
    Xatarsiz ish jarayonlarni tashkil etgan rahbar xodimlarni moddiy rag’batlantirish, 
    intizomsiz, egallab turgan lavozimi va xizmat burchiga loqayd qarovchi muhandis 
    texnik shaxslarni qonun talablaridan kelib chiqqan holda javobgarlikka tortishga 
    tavsiya qilish huquqlari berilgan. 


    96 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish