69
chiqarish sharoitida mahalliy istishdan harakatdagi mashinalarning kabinalarida va
asosiy ishlab chiqarish binosidan uzoqda joylashgan umumiy maydoni 500 m
2
dan
ko`p bo`lmagan xonalarni istishda foydalaniladi.
Qolgan holatlarda markaziy
isitishdan foydalaniladi.
Isitishda issiqlik manbai sifatida suv, bug’ va havodan foydalaniladi.
Suv va par
maxsus qozonxonalarda isitib xonalarda o`rnatilgan isitish moslamalariga quvur orqali
uzatiladi. Xonalarga uzatiladigan issiq havo ko`p holda kaloriferlarda, suv, bug’lari esa
elektr yordamida isitiladi. SHunga mos ravishda isitish suv, bug’,
havo bilan va
kombinatsiyalashgan isitishlarga bo`linadi. Suv yoki bug’ bilan isitishda isitish
moslamalari sifatida radiatorlar yoki qovurg’ali quvurlardan foydalaniladi.
Havo bilan isitish sistemasi markaziy va mahalliy turlarga bo`linadi. Havo bilan isitish
markaziy sistemasi haydash uskunalari bilan jihozlangan bo`ladi.
Bunday isitish
sistemalarida kaloriferlar isitiladigan xonalardan tashqarida o`rnatiladi. Agar xonadagi
ma`lum bir zonani isitish talab etilsa, unda mahalliy havo
bilan isitish agregatlari
o`rnatiladi (9.8.-rasm).
Mehnat muhofazasi nuqtai nazaridan qaraganda isitish sistemalari ishlab
chiqarish binolari va ish joylarining havosi haroratini
butun isitish mavsumi
davomida bir xil bo`lishini taminlashi, yong’in va portlashga xavfsiz bo`lishi,
shamollatish sistemalari bilan bog’liq hamda foydalanishda qulay bo`lishi zarur.
Asosiy va remont-tiklash
ishlarini bajarish uchun uzoq, vaqt yoki doimiy ravishda (2
soatdan ortiq) odamlar ishlaydigan har qanday bino va inshoatlarda isitish amalga
oshirilishi kerak.
9.8.-rasm. Havo bilan isitish agregatining sxemasi: 1-shamollatkich; 2-suvli radiator:
3-temir yopgichlar.
Past bosimli suv bilan isitish sistemalarida suvning harorati
isitish moslamalariga
kirish vaqtida 85...95°S, ulardan kaytib chiqishda esa 65-70°S atrofida bo`ladi.
70
Yuqori bosimli suv bilan isitish sistemasi suvni mexanik aylanishini yuzaga keltiruvchi
yopiq sistemadan tashkil topgan bo`ladi. YUqori bosimli isitish sistemalari isitish
jihozlarida harorat 120-135°S gacha etadi.
Bug’ bilan isitish sistemalari ham o`z navbatida past bosimli (70 kPa gacha) va yuqori
bosimli (70 k Pa dan yuqori) bo`ladi.
Havo bilan isitish sistemalarida sovuq havo so`ruvchi
shamollatkichlar yordamida
kaloriferlarning tentlariga uzatiladi va yuqori haroratli tentlar orasidan o`tishi vaqtida
isigan havo xonaga yo`naltiriladi.