62
loyihalanayotgan vaqtda iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va ish
joyidagi jihozlarni to`g’ri joylashtirish
masalalari qoniqarli hal
qilingan bulsa,
shamollatish vositalarini o`rnatish ham shunchalik osonlashadi.
2. SHamollatishning ko`rinishlari va uning qurilmasi
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan
ortiqcha issiqlikni,
namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va
mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.
7.1.-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo qabul
kilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-fil’tr; 4-kalorifer; 5-markazdan
qochma shamollatkich;
6-havoni xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish teshiklari; 8-rostlash
klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini ta`minlovchi
uzatish
qurilmasi; 11-xona.
Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni farqi
hisobiga tabiiy yo`l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali amalga
oshiriladi. Bunday shamollatish tabiiy shamollatish yoki aeratsiya deyiladi.
SHamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni chiqarishi yoki bir
vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin (7.1.-rasm).
SHamollatkichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va
mahalliy shamollatkichlarga
bo`linadi.
63
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy
shamollatkich
esa
ma’lum bir joylardagi havoni almashtiradi (9.2.-rasm).
SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo
almashtirishni tashkil etishning ma`lum qoidalariga rioya qilishga bog’liq bo`ladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar
ajralayotgan joydan yoki
ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini
odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez bo`ladigan zonadan
o`tishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Xonadan tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol
oqimi yaxshi bo`lgan tomonga chiqarish lozim.