61
8-Ma’ruza:
Sanoat korxonalarini shamollatish
Reja:
1.Havoning kimyoviy tarkibi va xossalari.
2.SHamollatishning ko`rinishlari va uning qurilmasi.
3.Ishlab chiqarishda isitish. Isitish sistemasining ko`rinishlari.
1.
Havoning kimyoviy tarkibi va xossalari.
Havoning kimyoviy tarkibi va xossalari
-
inson hayotida
havoning ahamiyati juda
katta ekanligi ma`lum. Uning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil
moddalarning bulishi,
havodan nafas olib, mehnat qilayotgan
kishilar uchun juda
muhim. CHunki, havoning tozaligi inson salomatligiini
saqlovchi muhim omil
hisoblanadi.
Er atmosferasi quruq havo bilan ma`lum miqdorda suv bug’larining
aralashmasidan
tashkil topgan. Quruq atmosfera havosining tarkibida 78 foiz azot, 20,9 foiz kislorod,
0,3 foiz karbonat angidridi va uncha ko`p bulmagan miqdorda geliy, neon, kripton va
boshqa gazlar bor. Ma`lumki, inson uchun eng mudhishi
havo tarkibida kislorodning
kam miqdorda bulishidir.Havo holati uning bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi,
namlik sig’imi,
nisbiy namligi, issiqlik sig’imi va boshqalar bilan belgilanadi.Ish
joyidagi havo muhitini mo``tadillashtirishda shamollatishning ahamiyati kattadir. SHu
sababdan quyida