56
fasllari va ish toifalariga qarab,
ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining
ish joylari uchun ruxsat etilgan me`yorlari belgilangan
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi:
a) Engil jismoniy ishlar (1-toifa) o`tirib, tik
turib yoki yurib bajariladigan, biroq
muntazam
jismoniy, zo`riqish yoki yuklarni ko`tarishni talab qilmaydigan ishlar,
energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s ) ni tashkil etadi.
Bunga tikuvchilik, aniq
asbob-sozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
b) O`rta og’irlikdagi ishlarga (2 toifa) soatiga 150-250 kkal (172-293 J.s) energiya
sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga, og’ir bo`lmagan (10kg.gacha)
yuklarni
tashish bilan bog’liq ishlar (yigiruv-to`qish ishlari, mexanik-yig’uv, payvandlash
ishlari) shular jumlasidandir.
v) Og’ir jismoniy ishlar (3 toifa) muntazam jismoniy zo`riqish, (10 kg dan ortiq)
muttasil yukni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish va ko`tarish bilan bog’liq
ishlar
kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250kkal (293 J.s) dan yuqori bo`ladi. Bunday
ishlarga temirchilik, quyuv korxonalari kiradi.