3. Xotin-qizlar va o`smirlar mehnat faoliyatining xususiyatlari Hammaga ma`lumki, xotin-qizlar deyarli mehnat faoliyatining barcha ko`rinishlarida
faol ishtirok etadi. Statik ma`lumolar qishloq xo`jaligida 1 mln dan ortiq xotin-qizlar
mehnat qilishini ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46- moddasida ayollar va erkaklarni teng huquqliligi belgilangan. Ularga ta`lim olishda,
kasbiy tayyorlanishda, ishda, mehnat uchun rag’batlanishda va xizmat yuzasidan
ko`tarilishida teng huquqiy imkoniyatlar beriladi. SHunga qaramasdan, ayollar ayrim
hollarda ma`lum sharoitlarda sog’liqqa ziyonsiz bo`lgan erkak bilan bir xil ishni bajara
olmaydi. Ayol organizmi o`ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo`lganligi tufayli og’ir
jismoniy mehnatga, ayrim zararli (chang, titrash, organizmni qattiq qizib yoki sovib
ketishi va boshqalar) moddalarning ta`siriga ta`sirchandir. Bu zararli omillar ta`siri
ular organizmining homiladorlik kezlarida quyidagi o`zgarishlarga olib kelishi, salbiy
asoratlarni qoldirishi (toksikoz, bola tushib qolishi, o`lik tug’ilish va boshqalar) bola
tug’ish funktsiyasining buzilishi (bola ko`rmaslik), avloddagi o`zgarishlarga (bolani
erta tug’ilishi, nogironlik)ka sabab bo`lishi mumkin.
Tibbiy xulosaga muvofiq, homilador ayollarning ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish
me`yorlari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o`rtacha oylik ish haqi saqlangan
holda engilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta`siridan holi ishlarga
o`tkaziladi. Albatta shu bilan birga xotin-qizlarning katta qismi aqliy mehnat bilan
bog’liq mehnat faoliyatlarda banddir.
Ayollarni onalik vazifalaridan foydalanishi maqsadida quyidagi moddalarda ularga bir
qator imtiyozlar beriladi:
-homilador va bola tuqqan ayollarga ularning hohishiga ko`ra, homiladorlik va tug’ish
ta`tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta`tilidan so`ng yillik
ta`tillar beriladi.
52
Ayollar tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun
(tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda etmish kalendar
kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta`tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi
bo`yicha nafaqa to`lanadi.