Texnika xavfsizligi




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

Ishlash ritmi
– (tadqiqotlar va ko`p yillik amaliyotlarning ko`rsatishicha) 
insonning shaxsiy xususiyatlari, xarakteri va uning maqsadga intiluvchanligi bilan 
aniqlanadi. Ishda ritmlilik har doim ko`p jihatdan organizmni fiziologik 
imkoniyatilariga bog’liq bo`ladi, shu sababli u yuqori bo`lmagan, maqsadga muvofiq 
va to`g’ri tanlangan bo`lishi lozim. Mehnat faoliyatini to`g’ri tashkil etilganligi ham 
mehnat unumdorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi, texnologik jarayonlarni 
bajarishda navbatni yo`qligi, mehnat kuni, haftasi va oyligi davomida yuklamni 
notekis taqsimlanishi mehnat qobiliyatini pasayishiga sabab bo`ladi. Bunday tashqari 
ishda tashkilotchilikni yo`qligi tez toliqishga, xatolikka yo`l qo`yishga (hatto jarohat 
olishga) olib keladi. Qayd etilgan sabablar oqibatida organizmni toliqib qolishiga
barcha fiziologik funktsiyalarini buzilishiga olib keladi. Mehnat faoliyati 
unumdorligini oshirishga, mehnat sharoitini yaxshilashga yordam beruvchi, kasbiy 


51 
kasalliklar va jarohatlanishlarni kamaytiruvchi texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy 
etish, jumladan mehnat hajmi katta, sog’lik uchun zararli mehnat jarayonlarini 
kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish ahamiyatga ega. So`nggi yillarda 
ko`pchilik mehnat sferasida jismoniy mehnat ulushi kamayib bormoqda va o`z 
navbatida bu jarayon odamlarning fizik va ruhiy sog’ligiga salbiy ta`sir etish holatlari 
qayd etilmoqda. Bu holatdan tadqiqotchilar odamlarni uzoq yillar va konkrent 
muddatda mehnat qobiliyatini saqlash quyidagi hollarda mumkin degan xulosa 
chiqarmokdalar: 
1) fizik va aqliy mehnatni birgalikda olib borish; 
2) mehnat va dam olishni to`g’ri almashtirish; 
3) ishchilarni (ma`naviy va moddiy) rag’batlantirish yo`li orqali mehnatga faol 
qiziqishini taminlash; 
4) tashkilot, firma, bo`lim, sanoat korxonalari tsexlarii xodimlarini puxta tanlash 
orqali ishga qabul qilish bilan mehnat jamoasida qulay ruhiy mikroiqlimni yaratish.

Download 3,02 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish