|
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlariBog'liq 5b27936d716433. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi me`yorlari mehnat xavfsizligi. Standartlari tizimi
“Ish mintaqalari mikroiqlimi” (GOST 12.1005-76)
ga asosan belgilangan. Ular
gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan. Ishlab chiqarish korxonalardagi
binolar, yil fasllari va ish toifalariga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo
harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me`yorlari belgilangan
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi:
a) Engil jismoniy ishlar (1-toifa) o`tirib, tik turib yoki yurib bajariladigan, biroq
muntazam jismoniy, zo`riqish yoki yuklarni ko`tarishni talab qilmaydigan ishlar,
energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s ) ni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik, aniq
asbob-sozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
b) O`rta og’irlikdagi ishlarga (2 toifa) soatiga 150-250 kkal (172-293 J.s) energiya
sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga, og’ir bulmagan (10kg.gacha) yuklarni
tashish bilan bog’liq ishlar (yigiruv-to`qish ishlari, mexanik-yig’uv, payvandlash
ishlari) shular jumlasidandir.
v) Og’ir jismoniy ishlar (3 toifa) muntazam jismoniy zo`riqish, (10 kg dan ortiq)
muttasil yukni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish va ko`tarish bilan bog’liq ishlar
kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250kkal (293 J.s) dan yuqori buladi. Bunday
ishlarga temirchilik, quyuv korxonalari kiradi.
Ishlab chiqarish xonalar, ish joylaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va
harakat tezligining me`yorlari.
Yil fasli
Ish toifalari
Havoning
harorati,
0
S
Nisbiy
namligi, %
Harakat
tezligi M/s
Sovuq
I -
engil
20-23
60-30
0,2
I a -
o`rtacha
og’irlikdagi
18-20
60-40
0,2
|
| |