38
2. N-1 shaklidagi dalolatnomalar asosida ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalar chog’ida jabrlanuvchilar to`g’risida statistika organi tasdiqlagan shakllarda
hisobot tayyorlaydi va tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Mehnat xavfsizligi buyicha hisobotlar.
Ishlab chiqarishda, ro`y bergan shikastlanishlar
dinamikasini baholash va unga qarshi chora-tadbirlar ko`rishga imkon beradi va tahlil
qilish hamda ma`lumotlarni statik jihatidan asosiy ko`rsatkichlarni aniqlashda zamin
yaratadi.
a)
Baxtsiz hodisalarning
chastota ko`rsatkichi 1000 ishchiga bulgan.
P
r
= N∙1000 / R
N –
shikastlanganlar soni
R
– ishlovchilar soni
b)
Baxtsiz hodisalarning og’irlik koeffitsienti.
P
0
= D / N
D
– yo`qotilgan ish kunlari
N
– shikastlanganlar soni
4. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini qilishi, ularning
mehnat jamoasida ko`rib chiqilishini ta`minlashi va jarohatlanishlarning oldini olishga
oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartdir.
5. Vazirlik, korporatsiya, uyushma va kontsernlarning barchasi, baxtsiz hodisalarning
hisobini va tahlilini olib boradi, uni o`ziga qarashli korxonalarga ma`lumot uchun
yuboradi, baxtsiz hodisalarning oldini olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqadi va
ularning bajarilishini nazorat qiladi.
6. O`lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuqori turuvchi kasaba uyushmasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan birgalikda, yuqori turuvchi xo`jalik
organlarida va “O`zsanoatkontexnazorat” davlat qo`mitasi hay`atida (agar baxtsiz
hodisa shu organ nazorati ostidagi ob`ektda yuz bergan bulsa), (bosh) davlat mehnat
texnika nazoratchisi ishtirokida mu-hokama qilinadi.
7. Ikki va undan ortiq kishi halok bulgan baxtsiz hodisa Mehnat vazirligi hay`atida,
viloyat mehnat boshqarmasida, “O`zsanoatkontex-nazorat” davlat qo`mitasi hay`atida
nazoratchilari ishtirokida ko`rib chiqiladi va muhokama qilinadi.
Gaz va gaz konlaridagi ishlatish ob`ektlarni loixalashtirish va ishlatishni amalga
oshiradigan korxonalar xavfizlik texnikasi va engin xavfsizligi buyicha amaldagi
me`riy xujjatlar talablariga rioya kilishlari kerak.