Texnika xavfsizligi




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

Umumiy qoidalar. 
 
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan, ”Ishlab 
chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil zararlanishini 
tekshirish va hisobga olish to`g’risida” gi Nizom qabul qilindi. 
1.Ushbu Nizom O`zbekiston Davlati hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi 
korxonalar, shuningdek, mehnat shartnomasi buyicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda 
mehnat faoliyati bilan bog’liq holda yuz bergan hodisalarni tekshirish va hisobga 
olishning yagona tartibini belgilaydi. 
2. Korxona hududi va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (xizmat 
safarida) yuz bergan baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi.
3. Tabiiy o`lim, o`zini-o`zi o`ldirish, jabrlanuvchining o`z salomatligiga qasddan 
shikast etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog’ida 
shikastlanishi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining 
ma`lumotiga ko`ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
4. Baxtsiz hodisa, ishchi mehnat qobiliyatini kamida 1-kunda yo`qotsa, tibbiy xulosaga 
ko`ra engil ishga o`tkazilsa, bunday hodisalarga N-1 shaklda dalolatnoma tuziladi va 
3-sutka ichida jabrlanuvchiga berilishi shart. 
5. Ish beruvchi o`z vaqtida N-1 shaklida dalolatnoma tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini 
aniqlab, bartaraf etish chora-tadbirlarini tuzish va amalga oshirish uchun javobgar 
shaxs hisoblanadi. 
6. Baxtsiz hodisalarni to`g’ri va o`z vaqtida tekshirish va hisobga olishni, korxonaning 
yuqori tashkiloti, kasaba uyushmasi qo`mitasi, davlat mehnat texnika nazoratchisi 
“O`zsanoatkontexnazorat” Davlat qo`mitasi organlari nazorat qiladi. 
7. Ish beruvchi N-1 shakldagi dalolatnoma tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi uning 
mazmunidan norozi bulsa, kasaba uyushmasi qo`mitasi hodisani 10 kun ichida 
o`rganadi va ish beruvchidan N-1 shakldagi dalolatnomani qayta tuzishni talab qiladi. 


31 
8. N-1 shakldagi dalolatnoma tuzilmaganligi yoki noto`g’ri tuzilganligi aniqlangan 
hollarda, davlat mehnat texnika nazoratchisi ish beruvchidan, N-1 shakldagi 
dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan tuzishni talab qilish huquqiga egadir. Ish 
beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi xulosa-sini bajarishga majburdir. 
9. 
Ish 
beruvchi 
bilan 
davlat 
mehnat 
texnik 
nazoratchisi 
o`rtasidagi 
anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi.
H-1 uch nusxada to’ldiriladi

Download 3,02 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish